Navro‘z birdamlik bayrami!


Nasiba: Buvijon, boychechakni topdim-u, siz tomonga yugurdim. Buvi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

Nasiba:
Buvijon, boychechakni topdim-u, siz tomonga yugurdim.


Buvi:
Rahmat qizalog‘im. Mana, bahor boshlanibdi. Omonlik-somonlik, yanagi yilga ham yetaylik”, - deb duo qilibdi.
Bolajonim, endi sen ham o‘rtoqlaring bilan o‘tirib, bayramni tomosha qilinglar.


1-suxandon:
Bugungi bayramingizga Bahoroy, Navro‘zjon, Dehqonbobo va Cho‘ponbobolar ham mehmon bo‘lib kelishgan.
(Shu payt mayin kuy ohanglari ostida sahnaga Bahoroy va Navro‘zjon kirib kelishadi)


Bahoroy:
Mana, men go‘zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlarga,
G‘unchalar ildizlarga.
Oppoq o‘rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib, dam olovlanib,
Kamalakdek ming xil tovlanib,
Mehmon bo‘lib keldimsizlarga.


Navro‘zjon:
Assalomu alaykum, beg‘ubor qalblari o‘yin-kulgiga, qo‘shig‘-u raqsga, san’atga ixlosmand, qadrli yoshlar! Mana, o‘lkamizda so‘lim bahor. Hamma yerda go‘zallik, yangilanish, yasharish. Yurtimizning har bir go‘shasida, mahallalarda bayram shodyonalari.
Menimcha, bugundan boshlab, dehqonchilik ishlari ham boshlansa kerak-a?


2-suxandon:
Ha, albatta. Bugun davramizga Dehqonbobo ham mehmon bo‘lib kelganlar. Bugun dehqonbobo dalaga chiqib, ilk marta yerga ketmon urmoqchi. Marhamat, Dehqonbobo, dala ishlarini boshlab bersangiz.


Dehqonbobo:
Bismillohir rohmanir rohim!
Eshi yil ketdi,
Yangi yil keldi.
Doshqozonlar tizilsin,
Sumalaklar suzilsin!
Bug‘doy pishib chosh bo‘lsin!
Rizq-u, ro‘zimiz tog‘ bo‘lsin!
Omin, Ollohu akbar!
(Dehqonbobo dalaga ketmon urib, urug‘ sochadi).


1-suxandon:
Marhamat, do‘stlar, navbat Navro‘z qo‘shiqlariga!


Nodira:
Dehqon dala aylandi,
Ho‘kiz shoxi moylandi.
Omoch, mola, cho‘nqa tish.
Dehqonbobo shaylandi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.


Mardona:
Arpa-bug‘doy sepilsin,
Maysa unib yetilsin,
Dehqon ishi o‘ng kelsin,
Omborlarga don to‘lsin.
Yangi yil qutli bo‘lsin,
Qozonlar sutli bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala


Farida:
Bugun bayram – yilboshi,
Yilboshiga el oshi.
Har ro‘zg‘orning himmati.
Palovmi yo sut oshi,
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.


Suhrob:
Qattiq oshi, sut oshi,
Qo’noq bo‘tqa, so‘k oshi.
Shovla pishgan ilikday
Kichirining zo‘r moshi
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.


Bunyod:
Ochligimiz yo‘q bo‘lsin,
Momo, qorin to‘q bo‘lsin,
Rizqimiz butun bo‘lsin,
Umrimiz uzun bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Ulug‘bek:
Tog‘da bulbul sayraydi,
Tol bag‘rini chaynaydi.
Shu ukamdan so‘rsangiz,
Qo‘zichoqday sakraydi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.


Ulug‘bek:
Omad bizga jo‘r bo‘lsin,
Noz-u ne’mat ko‘p bo‘lsin.
Baxtimizga tinch zamon,
Davr-u davron zo‘r bo‘lsin-
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.


Bunyod:
Gul lolalar ochilsin,
El-u yurtga sochilsin.
Doim tinch zamon bo‘lsin,
El-u yurt omon bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin