Navro‘z birdamlik bayrami!


Nodira: Nopok odamlar sumalak qozon atrofiga yaqinlashtirilmaydi. Ular tahoratsiz qozonga yaqinlashsalar, qozon toshadi. Maftuna



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə9/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

Nodira:
Nopok odamlar sumalak qozon atrofiga yaqinlashtirilmaydi. Ular tahoratsiz qozonga yaqinlashsalar, qozon toshadi.
Maftuna:
Farzandtalab ayol sumalak pishirilayotgan qazon atrofini uch marta aylanib, niyatini aytsalar, murodlari hosil bo‘ladi.
Mardona:
Sumalak tarqatilgandan keyin yaxshi niyat qilgan ayol doshqozonni yuvadi. So‘ngra duo o‘qib, qozon ichidagi suvni biror mevali daraxt tagiga to‘kadi.


1-suxandon:
Rahmat, bolalar!
Hammamizga ma’lumki, o‘zbek xalqi qadim-qadimdan o‘yin-kulgiga o‘ch. Navro‘zni o‘yin-kulgisiz tasavvur etish qiyin. Navbat, Navro‘z qo‘shiqlariga.
(“Boychechak”, “Kim oladi-ya”, “Sust xotin”, “Sumalakjon, sumalak” kabi ashula va raqslar ijro etiladi).


2-suxandon:
Navro‘zni milliy o‘yinlarsiz ham tasavvur etish qiyin. “Kurash”, “Xo‘roz va qo‘chqor uyushtirish”, “Ko‘pkari”, “Ahug”, “Do‘ppi tushurdi”, “Tuxum yorar”, “Varrak uchurish” kabi milliy o‘yinlarimiz mavjud. Hozir sizlarni “Arqon tortish” o‘yiniga taklif etamiz. Yigitlarimiz ikki guruhga bo‘linib, arqon tortishadi.
1-suxandon:
Odatingni tark etma, Navro‘z,
Yangi yilim – bahorim bahor.
Ta’rifingga topilgaymi so‘z,
Hur diyorim, mangu iftixor!


2-suxandon:
Baxtimizga Navro‘z bor bo‘lsin,
Katta-kichik baxtiyor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin, el-u yurt omon,
Omon bo‘lsin turguncha zamon!
1-suxandon:
Xalqim, bayramlardan chiqmasin boshing,
Ushbu kun farqlay bil, yaxshi-yomonni.
Ogohlik doimo bo‘lsin yo‘ldoshing,
Ko‘kka ko‘taraylik O‘zbekistonni.
El-u yurtim, Navro‘zday uzaysin yoshing,
Mangu porlayversin hurlik quyoshing!


2-suxandon:
Shuning bilan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan “Odatingni tark etma, Navro‘z!” deb nomlangan tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Doim bo‘ling salomat!


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin