Navro‘z birdamlik bayrami!



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

(Musiqa yangraydi. Sahnaga Navro'zoy bilan Navbahor kirib kelishadi).
Bolalar (jo’r bo’lishib):

  • Salom, Bahor, salom, Navro'z,
    Marhabo, xush kelibsiz!
    Navbahor:

  • Mana men go'zal bahor,
    Yetib keldim sizlarga.

Jon kiritdim daraxtlaru
G’unchalar, ildizlarga.
Navro'zoy:
- Sarpo kiydi bog'-dalam,
Qirda yoqut piyolam.
Oftob shulasi alvon,
Kamalak ko'kda narvon.
(Bahor haqida qo'shiq ijro etiladi).
Boshlovchi: - Bolalar, bu go'zal
bayramni gullarsiz tasavvur qilish qiyin. Bugun davramizga ular ham tashrif buyurishgan. (Sahnada rang-barang gullar qo’shiq kuylab, raqsga tushishadi).
Gullar:
- Keldi bahor, keldi ko'klam,
Bizlar ko'klam elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro'z - bahor kuychisi.
(Raqs tugagach, kichik sahna ko'rinishi namoyish etiladi. Unda Navbahor, Bo'ron, Quyoshbobo va bolalar ishtirok etadilar. Musiqa yangraydi. Bolaiar Navbahor bilan qol ushlashib raqsga tushadilar. Birdan musiqa tinadi. Sahnaga boshlovchi chiqadi).
1-boshlovchi (qo'l harakati bilan ifoda etadi):

  • Birdan osmon qorayib ketdi,
    Bosdi paxmoq bulut galasi.
    Ufqlarda chaqmoq yilt etdi,
    Sharros quydi bahor jalasi.
    (Sahnada Bo’ron paydo boiadi).
    Bo’ron (jumbushga kelib):

  • Hukmimni o'tkazaman,
    Zahmatlar yetkazaman.
    Navbahor (iltijoli ohangda):
    -Yo’q, yo'q, Bo'ronjon, shoshmagin,
    Ko’p haddingdan oshmagin.
    Qahring qattiq bo’masin,

Gul, chechaklar so'lmasin!
2-boshlovchi:
- Xafa bo’lma, Navbahor,
Yoningda do'stlaring bor.
(Bolalarga qarata):
- Keling do'stlar, Quyosh boboni chaqiraylik.
Atrof nurafshon bo'lsin, Borliq nurlarga to'lsin. Bolalar (baravariga): - Quyosh bobo, Quyosh bobo!
(Quyosh bobo kirib keladi).
Quyosh bobo:
- Labbay, aziz bolalarim,
Gulu rayhon, lolalarim.
Ne noxushlik yuz berdi?

  • Bolalar (jo’r bo’lshib):

  • Bo’ron bizni qo’rqitdi. Quyosh bobso:

  • Ey, shox qaysar, Bo’ronvoy,
    Ozor berma bog'larga.
    Agarda sen mard bo'lsang,
    Boraqol muztog'larga.
    Bo'ron:

  • Xo'p bo’ladi, bobo Quyosh,
    So'zingizga eggum bosh!
    (Bo'ron qo'i silkigancha sahnadan chiqadi. Mayin ohang taraladi.)

1-boshlovchi:
- Ko'p o'tmasdan Bo'ron tinib,
Osmon yana billurdek balqdi.
Butun borliq yana yasharib,
Qizg'aldoqlar zar munchoq taqdi.
(«Chamandagul» qo'shig'i ijro etiladi).
2-boshlovchi: - Bahor kelishi bilan chor-atrofni qushlarning yoqimli ovozi tutib ketadi, ulaming sayrashlari kishiga xush kayfiyat bag'tshlaydi. Bayramimizga uzoq janub o'lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo'lib kelishibdi. Ularni davramizga taklif etamiz.
O'quvchilar (qushlarni chorlaydi):
- Bahor keldi elimizga,
Quvonch to’ldi dilimizga.
Keling, qushlar,
Uching, qushlar.
Bizlar do'stmiz doim sizga.
(Qushlar davraga qo'shiladi).
1-boshlovchi: - Bolalar, mana, davrada hamma jam bo'ldi, lekin negadir Dehqonbobo ko’rinmaydi.
(Shu choq qo’lida bir bog' ko'chat, shoshgaritcha Dehqonbobo kirib keladi).
Dehqonbobo: - Assalomu alaykum, aziz bolalarim, omonmisiz? Qutlug’ ayyom - Navro'zingiz muborak bo'lsin!
Bolalar: - Rahmat, Dehqonbobo. Sizning ham bayramingiz qutlug' bo'lsin!
Dehqonbobo: - Qarang-a, bayram tadorigi tufayli xalqimiz boshlagan xayrli tadbir - umumxalq hashari, obodonchilik ishlari, yurtimiz husniga beqiyos ko'rku tarovat bag'ishladi. Har qadamda qutiug’ ayyom, Navro'z nafasi ufurmoqda. Ko'rib ko'zlar quvonadi shu xayrli ishlerga deya daraxt va gil ko'chatianb keltirdim.
Ulami maktabingiz bog'iga ekib, mehr bilan parvarish qiling. Bog’u gulzorlar yaratishda o'z hissangizni qo'shing.
(Ko'chatlarni ularga beradi).
2-boshlovchi; - Rahmat, bobojon. Himmatingizga tasanno. Bolajonlarimiz albatta, ko'chatiaringizni ekib, parvarish qiladilar. Siz kabi bobodehqonlarimiz, sohibkorlarimizning mehnatlari tufayli yurtimiz obod, dasturxonlarimiz to'kin. Istardikki, bu yilgi ko'klam ham dalalaringizga qut olib kelsin.
(Magnit tasmasidan «Navro'z kelibon» qo'shig'i yangraydi, qizlar raqsga tushishadi. Raqs tugagach, Navbahor bolalarni topishmoq bazmiga chorlaydi):

  • Bolajonlar boshlaylik,
    Yalla, navo-nazmini,
    Savol-javob, topishmoq,
    Topag'onlar bazmini
    Navro'zoy topishmoq aytadi:

  • Yashnar ko'k maysa,
    Eh, qanday maza.
    Ko'kda kun kular,
    O’rikda gullar.

Bu qaysi fasl? Bolalar:

  • Topdik, bu go'zal
    Navro'z - gul fasli.
    Navbahor:

  • Ko'klam kelsa unadi,
    Oftob chiqsa kuladi.

U bahorning elchisi Buni hamma biladi.
olalar (Jo’r bo'lishib):
Uning nomi - boychechak, Ko'klamdagi ilk chechak. Navro'zoy:

  • O'zi qizil, go'zal birarr
    Qirga yozar alvon gilam.
    Bolalar: - Budir lolaqizg'aldoq,
    Ko'zing quvnar ko’rgan choq.
    Navbahor:

  • Qozonsiz qaynar erta-kech,
    Suvida qo'ling kuymaydi hech?
    Bolalar:

  • Bu buloqdir, bilamiz,
    Ichib mazza qilamiz.

1-boshlovchi: - Oikamizda Navro'z shodiyonalari davom etmoqda. Saylgohlarda o'yin-kulgu, kuy-qo'shiq avjida. «Sihat-salomatlik yili»ning go'zal IMavro'zi tinchlik-omonlik, rizq-ro’z va qut-baraka olib kelsin, deya duo qilishmoqda nuroniy keksalarimiz. Biz ham ulaming rok niyatlari ijobat bo'lishini dildan tilaymiz. Chunki osoyishta yurtning bog'larida hamisha bahor kuladi.
2-boshlovchi: - Mana, azizlar, Navro'zga bag'ishlangan bugungi ertafigimiz ham nihoyalab qoldi. Sizlarni yana bir bor qutlug1 ayyom bilan muborakbod etamiz. Navro'z barchamizga baxt-saodat olib kelsin, chehralarimizdan hech qachon kulgu arimasin.
(Mayin musiqa sadolari ostida ertalik yakunlanadi).



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin