Navro‘z birdamlik bayrami!



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə13/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

Lobar: 4) Sayli xurramdir bugun
Navro`zi olamdir bugun
Qon-qarindosh yoru do`stlar
Ulfati jamdir bugun.
Nodira: 5) Hush kelibsan, marhabo
Jonga-jon Navro`zimiz
Dillar aro kuy-navo
Jonga-jon Navro`zimiz.
Qo`shiq:

  1. Boshlovchi: Birdan osmon qorayib ketdi

Bosdi paxmoq bulut qalasi
Ufqlarda chaqmoq yilt etdi
Sharroz quydi bahor elchisi.
Sahnada Bo`ron paydo bo`ladi.
Bo`ron: Hukmimni o`tkazaman
Zahmatlar yetkazaman
J.Azamat
Navbahor: Yo`q-yo`q, Bo`ronjon, shoshmagin
Ko`p haddingdan oshmagin
Qahring qattiq bo`lmasin
Gul, chechaklar so`lmasin!

  1. Boshlovchi: Xafa bo`lma Navbahor

Yoningda do`stlaring bor.

  1. Boshlovchi: Quyosh boboni chaqiramiz.

Atrof nurafshon bo`lsin
Borliq nurlarga to`lsin.
Quyosh bobo: Labbay, aziz bolalarim
Guli rayhon lolalarim.
S.Temur Ne nohushlik ro`y berdi.
Boshlovchi: Quyosh bobo Bo`ron bolalarni qo`rqitdi.
Quyosh bobo: Ey, sho`x qaysar Bo`ronvoy
Ozor berma bog`larga
Agarda sen mard bo`lsang
Boraqol muz tog`larga.
Bo`ron: Xo`p bo`ladi bobo quyosh.
So`zingizga eggum bosh: Xayrlashib chiqib ketadi.
Boshlovchi: Bolalar endi navbatni bahor haqidagi kuy qo`shiqlarga bersak. Marhamat.
“Uch patir yopdim”, “Bog`imda gullar chaman”, “Boychechak”, “Yomg`ir yog`oloq” kabi qo`shiqlar o`quvchilar tomonidan kuylanadi. Shundan keyin ertalik yakunlanadi.

Salom, bahor, assalom Navruz!


(katta va tayyorlov guruxlari uchun)

Salom, bahor, assalom Navruz!


(katta va tayyorlov guruxlari uchun).

(Bolalar musiqa ostida erkin qadamlar bilan kirib keladilar va ixtiyoriy joylashadilar).


1-bola: Salom, bahor,
Salom yangi kun!
Tabiat ham uyg’ondi bugun.
2-bola: Hamal keldi-
Amal keldi.
Boshlanadi dala, bog’da ish.
3-bola: Salom bahor,
Salom, Navruz!
Nurlaringni sochgin ey Quyosh!
K. Kenjayev musiqasi “Quyoshli o’lka” qo’shig’i.
(5-6 bola ona tabiat va bahor mavzusida she’r aytadilar).
(Musiqa sadolari ostida gullar qadalgan yashil ko’ylak kiygan Bahoroy, quyon, ayiq, tulki va h.k. hayvonlar hamda Mart, Aprel, Moy bilan kirib keladilar).
Bahoroy: Assalomu alaykum qadrli bolalar va hurmatli mehmonlar Men Bahoroyman. Qayerga qadam qo’ysam o’sha joyda qorlar erib, ariqlarda suvlar oqa boshlaydi.
Hayvonlar:
Quyon: Bahor kelib biz quyonchalarni uyqudan uyg’otdi.
Tulki: Biz tulkilar ham qishki uyqudan uyg’ondik.
Ayiq: Biz ayiqlar tezroq gullar ochilishini kutyapmiz. Chunki ulardan terilgan asalni juda yaxshi ko’ramiz.
Bahhoroy: Mening dugonalarim. Bormisiz, omonmisiz! O’zingiz haqingizda bolalarga so’zlab bering.
Mart: Men martman. Bahorning birinchi oyiman. Hali yerlarda qor yotgan bo’lsa ham, men kelgach kunlar ancha ilib boradi. Qorlar erib ariqlarda sharg’irab suvlar oqa boshloaydi. Tabiat uyg’onadi. Eshityapsizmi? (qo’ng’iroqchani jiringlatadi).
Aprel: Aprel- bahorning ikkinchi oyi. Men kelgach kunlar ancha uzayib, havo isiy boshlaydi. Daraxtlar gullaydi.(metallofonda glissando ijro etadi).
May: Men mayman-bahorning uchinchi oyi. Men kelgach daraxtlar hamma yoq yam-yashil tusga kirib, bog’da bulbullar sayraydi. Mana eshitib ko’ring. (surnaycha chaladi).
Qish: (g’azab bilan kirib keladi). Kim bu yerda xo’jayinlik qilmoqchi? Qorlarimni eritib, bahorni qarshi olmoqchimisizlar? Men-sovuq qish hali ketganim yo’q va men yil bo’yi shu yerda qolmoqchiman. Hozir qor yog’diraman.(joyida aylanadi va tashqaridan qor parchalari yugurib kiradilar).
Qish va qorparchalar raqsi.
Bahoroy: Bo’ldi, yetar, Qish. Endi sening ketadigan vaqting bo’ldi. Ketaqol.
Qish: Ho, bekorlarni aytibsan. Hyech qachon! (oyoqlarini to’pillatadi).
Bahoroy: Bolalar, endi nima qilamiz?
1-bola: Do’stlar, hammamiz bir bo’lib qish bilan kurashamiz. To’g’rimi?
Hamma: Ha!
Qish: Hammangiz bir bo’lib bitta menga qarshimi? Endi kerak bo’lmay qoldimmi? Qishda mening qorlarimdan sirpanchiqlar hosil qilib mazza qilib uchdinglar. Chanalar tortdinglar, -qorbo’ron va boshqa qish o’yinlarini o’ynadinglar. Archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bilan bayram qildinglar. Endi esa haydab chiqarmoqchimisizlar? Nahotki menga hyech kimning rahmi kelmasa?
Bahoroy: Biz seni haydamoqchimasmiz. Musobaqaga chaqirmoqchimiz Qishjon!
Qish: Musobaqa bo’lsa men roziman. Topishmoqdan boshloaymiz.
Qo’li yo’q, lekin qulog’ing va burningni chimchilaydi. (sovuq).
O’zi oppoq par gilam. Qish bo’yi yerda yotadi. Bahorda qochib ketadi. (Qor).
Bahoroy: Endi sen bizning topishmoqlarimizni topib ko’r.
Ko’kda yonadi,
O’qini otadi. (Chaqmoq).
Bola: Bahor kelsa uchib kelar,
Uy shiftiga in qurar. (Qaldirg’och).
Qish: Kelinglar undan ko’ra o’zbek milliy o’yinlaridan o’ynaymiz.
O’yin “Arqon tortish”
Bolalarning yarmi Qish bilan birga, qolgan yarmi Baqoroy bilan birga turib arqon tortishadilar.
Qish: Mayli, mayli, tan olaman. Sizlar kuchliroq ekansizlar. Lekin hali Navruz kelmadiku, demak men ham bir qancha vaqt hukmronlik qilsam bo’ladi.
Boshlovchi: Bolalar, kelinglar hammamiz birgalikda Navruzni chaqiramiz.
1-bola: Navruz, Navruz kel Navruz!
2-bola: Yerga urug’ qadab kel!
3-bola: Mo’l hosilni olib kel!
4-bola: O’ynagani kel, kuylagani kel!
(Karnay-surnay sadolari ostida qo’lida undirilgan bug’doy bilan Navruz kirib keladi).
1-bola: Salom, Navruz, gul Navru,
Gulday kulib kel Navruz!
Navruz: Qir-adrlardan, dala va bog’lardan oshib, siz tomon shoshib keldim.
2-bola: Bizga nima keltirding?
Navruz: Yangi yilda uy-joyingizga, mol-holingizga, va eng asosiysi-tanu-joningizga sog’lik salomatlik olib keldim. Hosilingizga qut-baraka keltirdim.
Bahoroy: Mana endi ketmasang bo’lmaydi, Qishjon! Bizdan o’pkalama, rozi bo’l!
Bolalar: Senga hayr aytamiz,
Bir yildan so’ng kutamiz.
(Qish chiqib ketadi. Zalga qaldirg’och kiyimidagi bola qanotlarini qoqib, oyoq uchida yugurib kirib kelib, zalni aylanib o’tadi va o’rtada to’xtaydi).
Bahoroy: Xush kelibsan, Qaldirg’och! Qayerlardan kelding?
Qaldirg’och: Dengiz ortidan Bahorni qidirib keldim.
Qo’shiq “Qaldirg’och”

  1. Qaldirg’och qanot qoqdi,

Uyimiz unga yoqdi.
Uy shiftiga qo’nvolib,
Har omonga u boqdi.
Naqorot:
Keldi qaldirg’och, g’och,
Eshigingni och,och!

  1. Qaldirg’och qanot qoqsin,

Uy qurib bola ochsin.
Tizilib bolalari,
Uychasidan qarasin
Naqorot:
Boshlovchi: Navruzni ham kutib oldik. Qani aytinglarchi, xalqimiz Navruz bayramini qinday nishonlaydi?
Bolalar:
-Lola sayliga chiqadilar.
-Xalq o’yinlarini o’ynaydilar.
-Kurash, uloq, ko’pkari musobaqalarini uyushtiradilar.
-Xo’roz urishtirish, qo’chqor urishtirish tashkil qiladilar.
-Sumalak va xalim pishiradilar.
Boshlovchi: Barakalla! Bizning xo’rozchalarimiz ham musobaqaga tayyor turishibdi. Qani tomosha qilaylikchi!
(Bolalar davra qurib, yerga erkin o’tirib oladilar. 8 ta o’g’il bola raqs tushadilar).
Xo’rozlar raqsi.
(musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra kuy va harakatlar asosida.)
Boshlovchi: Endi xalq o’yinlaridan “Boylandi” o’yinini o’ynaymiz.
O’yin “Boylandi”.
(o’yin 3-4 marta o’tkaziladi).
O’yindan so’ng bolalar yana davra qurib yerga erkin o’tirib oladilar.
1-bola: (o’rnidan turib) Gulchehraxon!
-(o’nidan turib) Labbay!
1-bola: Gulmisiz, jambulmisiz, rayhonmisiz?
-(qo’lini ko’siga qo’yib) Aytganizman!
1-bola: Bugun bayramga qip-qizil ko’ylak kiyib olibsiz-lola gulmisiz!
(hamma kuladi).
2-qiz: (o’rnidan turib) Akmaljon!
-(qo’lini ko’ksiga qo’yib) Labbay!
2-qiz: Gulmisiz, jambulmisiz, rayhonmisiz!
-(qo’li ko’sida) Aytganizman!
2-qiz: Raqsga tushaman deb qizarib ketibsiz-lolaqizg’aldoqmisiz!
(hamma kuladi).
3-bola: Ra’noxon!
-Labbay!
3-bola: Gulmisiz, jambulmisiz, rayhonmisiz!
-Aytganizman!
3-bola: Sochingizga gul taqib olibsiz-Boychechakmisiz?
“Boychechagim-boylandi” o’yni o’tkaziladi.
Juftli lapar “Jingalak sochim”
(o’zbek xalq kuyiga).
(Raqs so’ngida Bahoroy bilan Navruzbek bahor taomlarini olib kiradilar. Yig’ilganlar bir-birlarini bayram bilan tabriklab gurux xonasida yozilgan dasturxonda bahor taomlaridan tatib ko’rish uchun chiqib ketadilar).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin