1. Sho’rlanish Cho’llashish Inson ta’siri tufayli



Yüklə 262,9 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.01.2023
ölçüsü262,9 Kb.
#79872
1. Sho’rlanish Cho’llashish Inson ta’siri tufayli



Mavzu: Antropogen ta’sir tufayli yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar. 
Reja: 
1. Sho’rlanish 
2. Cho’llashish 
Inson ta’siri tufayli sho’rlanish, ikkilamchi sho’rlanish, botqoqlanish
agroeroziya, suv omborlari, sun’iy ko’llar qirg’og’ining abraziyaga uchrashi kabi 
tabiiy geografik jarayonlar rivojlanishi mumkin. 
Sho’rlanish. Qurg’oqchil o’lkalarda sug’orishda suvdan o’ta isrofgarchilik 
bilan foydalanish tufayli yer osti suv sathining ko’tarilib ketishi natijasida yuzaga 
keladi. Sho’rlanish ayniqsa pastqam joylarda minerallashgan yer osti suvlarining 
yuzaga ko’tarilishi, ko’llarning yilning issiq fasillarida qurib qolishi tufayli tuproq 
qoplami bo’ylab xlorid va sul’fat tuzlarining yig’ilishidan kuchayib ketadi.
Ikkilamchi sho’rlanish. Bu tabiiy geografik jarayon obikor dehqonchilik 
qilinadigan hududlar bo’ylab tuproq qoplami tuzli yoki sul’fatli yotqiziqlar ustida 
yotgan holatlarda yuzaga keladi. CHunki suvni ekin dalalarini sug’orish maqsadida 
keragidan ortiqcha holatlarda sug’orish tufayli yuzaga keluvchi nam tuproq 
qoplamining tag qismida joylashgan tuzli, gipsli qatlamgacha yetib boradi. 
Natijada ushbu qatlamga ta’sir etgan grunt suvi tuz, gipsni eritib, ma’lum miqdorda 
sho’rlanadi. Yoz fasli havo xarorati ko’tarilib tuproq yuzasi qurigach, kapilyar 
kanalchalar orqali nam yuqori tuproq yuzasi tomon xarakatlana boradi va yuzaga 
yetgach yuqori xarorat ostida parchalanib, kislorod va vodorodga ajralib ketadi. 
Ikkilamchi sho’rlanishni oldini olish uchun dastavval tuproq yuzasiga tuz, gips 
qatlamlari yaqin turgan paykallarda sug’orish ishlarini rentabelli sug’orish 
madaniyatiga qat’iy amal qilgan holda va albatta qadimgi sug’orish ishlari 
yuzasidan to’plangan xalq qadriyatlarini samarali qo’llash orqali erishish mumkin. 
Ikkilamchi sho’rlanish va sho’rlanish yuz bergan dalalarda almashlab ekishni 
yo’lga qo’yish, sho’rlanish darajasini pasaytiruvchi ekinlarni ko’proq ekish, 
maxalliy o’g’itlar, chirindi, qoq kesak bilan dalalarni oziqlantirish yuksak samara 
beradi. 


Botqoqlanish. Ushbu jarayon tabiiy holda kechgani kabi, sun’iy tarzda ham 
amalga oshadi. Sug’orma dehqonchilikda suvni keragidan ortiqcha ravishda sarf 
qilish natijada grunt suvi sathining ko’tarilib, yuzaga qadar yetishi tufayli vujudga 
keladi.
Cho’llanish. Ushbu tabiiy geografik jarayon iqlimning qurg’oqchil kelishi 
bilan bog’liq holda tabiiy kelib chiqishiga ega bo’lishi bilan birgalikda, inson 
omilining yerdan noto’g’ri foydalanishi kabi sun’iy tarzda ham amalga oshishi 
mumkin.
Agroeroziya. Dehqonchilikda ekin maydonlaridan noto’g’ri foydalanish 
tufayli yuzaga keladi. Agroeroziya ham eroziya kabi suv va shamol ta’sirida, inson 
omilining aralashuvi tufayli yuzaga keladi. 
Shamol ta’sirida yuzaga keluvchi agroeroziya, shudgorlangan maydonlar 
bo’ylab tuproq yuza qatlamining uchirib ketishi tufayli yuzaga keladi. 
Agroeroziyaning suv ta’sirida yuz berishi, noto’g’ri sug’orish, qiya maydonlarni 
noto’g’ri shudgorlash tufayli shakllanadi. Ushbu holat jarlanish jarayonini keltirib 
chiqaradi. Natijada hosildor yerlar foydalanishga yaroqsiz, unumsiz paykallarga 
aylanadi.
 

Yüklə 262,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin