1. Jarchilar. Qo`chqorvoy, Jur`at. Odamlaru-odamlar. Eshitmadim demanglar. Eshitmasdan qolmanglar, O`zimizni Navro`zni Navro`zi dilafrozni shodon kutib olamiz. Katta bayram qilamiz. Xe-xe-xey. 1-Boshlovchi: Oltinoy. Salom senga, Navro`zi olam Salom senga bahor ayyomi Senda olqish, senga sharaf-shon Yasha rayhon, nahor bayrami. Assalomu alaykum, qadrli bayram qatnashchilari hurmatli mehmonlar! Mana, bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovodi bilan yashagan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Chunki Navro`z – yangi kun, yasharish, yangilanish faslidir.
2-Boshlovchi: Sh:Assalomu alaykum hurmatli ko`zlarida bir olam quvonch bilan bizlarga boqib turgan muallima ustozlar, do`stlar tengdoshlar. Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir. Eng go`zal odatlar insoniy qadriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.
Kishilar bir – birlariga shirinso`z bo`ladilar, ginalar unitiladi. Bas shunday ekan ham bugungi bayram kechamizni yaxshi kayfiyat bilan o`tkazaylik.
1-Boshlovchi: Bayramimizga Navbahor bilan Navro`zoy ham tashrif buyurishgan. Ularni kutib olaylik.
Salom bahor, salom Navro`z Marhabo, Hush kelibsiz! Navbahor: Mana men go`zal bahor
Munisa: Yetib keldik sizlarga Jon kiritdim daraxtlaru G`unchalar, ildizlarga Navro`zoy: - Sarpo kiydobog` dalam
Sarvinoz:Qirda yoqut piyolam Oftob shulasi alvon Kamalak ko`kda narvon.
1-Boshlovchi Shahnoza:Oltinoy bu go`zal bayramni gullarsiz tasavvur qilish qiyin.
2-Boshlovchi: Oltinoy. – Ha, Shahnoza, bugun davramizga ular ham tashrif buyurishgan. Ularni kutib olaylik. Gullar she`r aytadi.
Ruhsora: 1) Keldi bahor, keldi ko`klam Bizlar ko`klam elchisi. Bizni bahor boshlab keldi. Navro`z – bahor elchisi. Maftuna: 2)Gullar har xil, Ra`no, Nargiz. Hamda safsar Bo`tako`z Aslidachi inson guli Jigarbandi, sizu biz. Mahliyo: 3) Navro`z kabi yashnab yursin Dugonalar o`rtoqlar Ko`zin ochsin do`stlik, mehr Ilm kabi buloqlar.