O`quvchi: Azizlar, aytinglarchi, ushbu go`zal bayram qachondan boshlab nishinlanmoqda? O`quvchi: Kelinglar, hozir Navro`z tarixi bilan tanishaylik. Tarixing tavsifing tillarda doston. Quyosh charaqlaydi, moviydir osmon. Hofiz qo`shiq aytar, raqs tushar jonon. Sevinch bag`ishlaysan keksayu yoshga Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa. Bir yon katta kurash, bir yon ko`pkari. Askiya , aytishuv, o`lanlar bari. Yangalarning aytgan avjli yor-yori. Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga Navro`zjon bu galgi kelishing bashqa. Shoirlarning aytar so`zi bo`lib kel. Yaylovlarda qo`y-u qo`zi bo`lib kel. Mayli dilbarlarning o`zi bo`lib kel. Sevinch bag`ishlaysan keksayu- yoshga. Navro`zjon bu galgi kelishing boshqa. O`quvchi: Inson to nafas olarkan u kuy qo`shiqsiz, sayroqi qushlarsiz, dala –bog`lar-siz, qirmizi lilalarsiz yashay olmaydi. Qizlar: “ Bahor valsi “ raqsini ijro etadilar. Navro`z tarixi. “Navro`z” fors tojikcha so`z bo`lib “ Yangi kun” degan ma`noni anglatadi. O`rta Osiyo va Yaqin shrq xalqlarining qadimiy an`anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Navro`z juda qadimdan, Islom dini qabul qilinmasdan 30 asr ilgari Ahomaniylar davridan nishonlana boshlagan. Navro`z bahorgi tun va kunning tengligiga, ya`ni 21-22 martga to`gri keladi. O`quvchi: Yomg`ir savalar mayin. Maysa yashnar kun sayin Men ham endi o`ynayin O`rtoqjonim bu Navro`z. Marjon taqdi majnuntol Arilar keltirar bol. Lola peshvoz qaddi dol. O`rtoqjonom bu Navro`z. Qaynar shirin sumalak. Tovlanar yoy kamalak Gulga qo`nmish kapalak. O`rtoqjonim bu Navro`z. Olam gul ichra yashnar Ming bir tovusga o`xhsar.