Xalqim chiqdi or –yor. Bahoroy: Assalomu-alaykum aziz mehmonlar! Men bahorman, gullarim bilan , Iliq quyosh nurlarim bilan Qo`shiq aytib sho`x irmoqlarim, Yelday o`ynab, ko`k yaproqlarim. Mahmon bo`lib keldim bolalar. Olib keldim gulu lolalar. Men Bahorman,, go`zal Bahorman, Sizga sevinch bilan boqarman. Men huzuringizga yolg`iz kelganiz yo`q. Bu dugonam Maysaxon, bu dugonam Suvsuluv, bu dugonam Guljon, bu dugonan Oftoboy. Men ularsiz go`zal “Bahor” bo`la olmayman. Hozir dugonalarim sizlarga topishmoqlar aytadilar, qani tipinglar-chi. Suvsuluv: Tosh-u qumlarni surib, Tog’ dan kelar yugurib. Maysaxon: Bahorda o`sib chiqdi. Yam-yashil bo`lib chiqdi. Oftoboy: Nur sochar,o``tli yashar.
Boqay desang ko`z qamashar. Guljon: O`zi qizil, go`zal biram. Qirga yozar go`zal gilam. Bahoroy: Balli bolajonlar, to`g`ri topdingizlar. 1-boshlovchi: Rahmat Bahoroy, davramuzga chiroy qo`shdingizlar. Biz bilan birga bo`ling. Otalari chiroyli yurtim, Onalari chiroyli Yurtim. Jannatmakon deydilar ajab. Bog`-rog`lari chiroyli yurtim. 2-boshlovchi: Yigitlari chiroyli yurtim. Gul qizlari chiroyli yurtim. Aslo senga ko`zlar tegmasin. Bayramlari chiroyli yurtim. 1-bola: Azal –azal Navro`zjon Bayramlarning zo`rida. Nuroniy chol- kampirlar Turar davra to`rida. Keling Navro`z sayliga, Siz ham keeling mayliga. 2-bola: Navro`z nishonasi bu. Bobodehqon ish boshlar. Ezgu niyat bilan u. Yeriga urug` tashlar. Keling Navro`z sayliga, Siz ham keling mayliga. 1-bola: Bizning elda bu ayyom, Sumalaksiz o`tmaydi.