Sinf bayramona bezatilgan. “Navro`z” bayramiga bag`ishlab devoriy gazeta chiqarilgan. Tarbiyaviy soatni o`qituvchi ochib beradi. 1-boshlovch: Assalom davramizning siz aziz mehmonlari. Assalom ilmu-fanning sohibu davronlari. Mehribon buvujonu , onajonlar assalom, Yuzlarida kulgu balqqan qizlarjonlar assalom. 2- boshlovci: Xush kelibsan go`zal bahor Chin ko`ngildan assalom Xush kelibsan yana bir bor Sengadir shirin kalom. 1-boshlovchi: Mana o`lkamizga zarg`aldoqlardan gulchambarlar taqib, xushro`y Navro`zi olam kelmoqda! 2-boshlovchi: Navro`z-bu yangi kun demakdir azal Eski kundan shaksiz yangi kun afzal. Shu kun kuy kuylaymiz, o`qiymiz g`azal. U kelar yangicha rizqu –ro`z bilan Assalom yoronlar,gul Navro`z bilan. O`quvchi: Chakkasiga gul taqib Kirib keldi Navro`zim Daraxtlarga dur taqib Kulib keldi Navro`zim. Dala dashtda maysalar Salom alik aytsalar. Qanday go`zal ko`rinish, Yashillikka cho`milish. Doshqozonda sumalak Boychechaklar xush darak. Qizg`aldoq cho`g`day gilam. Sevinchdan ko`zlarda nam. Bolalar yayrashadi, Qo`shiqlar yangrashadi. Momolarning dunyosi Ijobatdir duosi. Bobolar halim solar Latifa aytib tolat Ichakuzdi hazillar Qiziydi sho`x bazmlar Elga rizq- ro`z ulashib Tandir nonin ushatib. Yayrab keldi Navro`zim Yashnab keldi Navro`zim. 1-boshlovchi: Bahor! Ona zamin borliqni barcha jonzotlarni, muborakbod etmoqda. Uning farzandi bo`lmish mo`tabar inson ham ko`hna Ona yerni hamisha sevib ar-doqlaydi.Odamlarga rizq nasiba olib kelgan bunyodkor bahor! Sening yaratuvchi qudra-tingga hech bir kuch bas kelolmaydi. 2-boshlovchi: Yil o`tib zamin uzra zarrin yellar esib yeru- ko`kka jon bag`ishlab Navro`z keldi. Ushbu ulug` bayraming har gakgi tashrifi bir-biridan quvvatli, bahor qushlari, gullari kabi yangi va xilma –xildir.