Boychechak, boychechak, sevgan gulim- boychechak.
Navbatdagi o`quvchi:
Seni ko`rdim bog`larda, baxmal adir,tog`larda,
Yam-yashil o`tloqlarda sen husnga boy chechak,
Boychechak, boychechak, sevgan gulim boychechak.
Navbatdagi o`quvchi:
Qizg`aldoqdek uchar dildan g`am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bo`lsin ushbu dam,
Mening O`zbekiston – dilbar Vatanim!
Hamma:Yurtim Navro`zing muborak bo`lsin!
Navbatdagi o`quvchi:
Assalom,o`zbekning milliy bayrami,
Assalom ,bahorning ulug` ayyomo,
Assalom, ey Navro`z qilayin ta’zim,
Gullagan bahorim o`zingsan doim.
Davraga turli gullar siymosi kirib keladi.
Navbatdagi o`quvchi:
Lola,lola,lolajon,o`sgan joying dalada,
Lola, lola,lolajon,chidadingmu jalaga?
Jala yoqsa qo`rqmading, sellar yoqsa qo`rqamading,
Chiroyini ochay deb qizlar taqsa qo`rqamading.
Navbatdagi o`quvchi:
Keldi bahor, kuldi bahor,
Bizlar bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi.
Gullar bahor kuychisi.
Navbatdagi o`quvchi:
Chuchmomaman, chuchmoma,
Ochilaman siz uchun.
Xushbo`y hidim taratib,
Ko`zingizni yayratib.
Navbatdagi o`quvchi:
Men man go`zal binafsha,
Go`zal bahor qiziman.
Erta bahor ochilib dillarni yayratman,
Bog`larni yashnataman.
1-bosholovchi:
Salqin saharlada,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
“Bahor”qo`shig`i ijro etiladi.
Navbatdagi o`quvchi:
Bland aylab quyoshga poya navro`z,
Ko`tardi yer yuzidan poya navro`z.
Dostları ilə paylaş: |