Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə72/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.
Dialektika tushunchasi (yunonchadan «dialektika» so‘zidan olingan bo‘lib, suhbat olib borish, bahslashuv san’ati degan ma’noni anglatadi) falsafa tarixida turli ma’nolarda foydalanib kelingan. Birinchidan, dialektika dastlab paydo bo‘lganda baxslashuv san’ati sifatida tan oling‘an bo‘lib, haqiqatga borishning asosiy vositasi sifatida tassavur qilingan. Keyinchalik, madaniyat, fan tarqqiyotida sekin-asta dunyoni bilishning uslubi sifatida ifodalangan;
Ikkinchidan, dialektika ta’limot sifatida uch xil tarixiy ko‘rinishida shakllanib, stixiyali dialektika, idealistik dialektika va materialistik dialektika bosqichlarini bosib o‘tgan.
Uchinchidan, dialektika - bu dunyoni tassavur qilishda qo‘llaniladigan tafakkurning o‘ziga xos shunday uslubiki, unda barcha hodisalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xolda turli xil aloqalarda, qarama-qarshi kuchlar va yo‘nalishlarning bir-birini taqoza qiluvchi munosabatlarida namoyon bo‘ladi deb izohlanadi.
Dunyoni bilishning dialektik usuliga qarshi tafakkur usuli falsafa tarixida metafizika deb yuritilgan.
Metafizika grekchadan olingan bo‘lib, tom ma’noda fizikadan keyin degan ma’noni anglatadi. Eramizdan oldingi I asrda mutafakkir Andronik Rodosskiy Arastuning rejasiz, tartibsiz yozilgan falsafiy traktlarni umumlashtirgan xolda tartibga solib 14 kitob xolida yaratgan mazkur to‘plamni «Metafizika» nomi bilan belgiladi. Shu tariqa metafizika atamasi birinchi bor ishlatila boshladi. Keyinchalik metafizika tushunchasini dialektikaga qarshi uslub sifatida birinchi bor Hegel ishlatgan. Metafizikaga bir tomonlamalik, mavxumlik, butunning tarkibidagi biron-bir xolatni mutloqlashtirish xosdir.
Metafizika – dialektikaga qarshi bo‘lgan tafakkurning shunday uslubiki, unda rivojlanishning manbai ichki ziddiyatlardan emas, balki alohida, tugallangan va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jism, hodisa va jarayonlarning oddiy o‘rin almashuvidan iboratdir deb izohlanadi. Metafizika - Spinoza, Leybnits, Karl Linney kabi mutafakkirlarning qarashlarida o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin