Analiz — bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, to monlarga va elementlarga ajratib, ularning har birinima ekanligini bilishdir. Analiz usuli natijasidabutunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo‘laklar,elementlar, ularning butun tarkibidagi o‘rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi.
Sintez — analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib,ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo‘laklari, qismlari, tomonla ri, elementlari o‘rtasidagi va ularning butun bilanbo‘lgan aloqa va bog‘lanishlarini bilib oladi.
Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir,ularni bir-biridan ajratib qo‘llab bo‘lmaydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko‘p tomonlamadir.
Tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet yoki hodisalariustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, ana liz va sintezlari asosida hosil bo‘lgan empirik faktlar va ma’lumotlarni o‘z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.
v) Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari.
Ilmiy bilishning bu metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo‘lib, ular ilmiy bilishning nazariydarajasiga xosdir.
Umumlashtirish — bu tadqiqot olib borilayotganbir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘lgan tomon lari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘lgan birorta bel gi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir. Ilmiy bilish jarayoni umumlashtirish va abstraktlashtirish bilan tugamaydi.
Konkretlashtirish — bu umumlashtirish va abst raktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordansoqit qilingan oldingi butun belgi va xususiyatlarniyana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab, shu predmet yokihodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi bir mantiqiy amalning turli tomonlaridir xolos. Tadqiqotchi umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchchalasi tafakkur jarayonida doimo birlikda qo‘llanib, bir-birlarini to‘ldirib keladi.
Umumlashtirishdan abstraktlikka va undan konkretlikka hamda konkretlikdan umumlashtirish orqali yana abstraktlikka tomon borish bilishning umu miy usullaridir.
Ilmiy bilishning bu usullari fanlar taraqqiyoti ning turli davrlarida turlicha rol o‘ynab kelgan.Konkretlikdan abstraktlikka borish usuli fanlar ning shakllanish davrida ularga oid turli ilmiy tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan edi. Keyinchalik fanlar jadal rivojlanibborgan davrga kelganda, predmet yoki hodisalarnichuqur bilish talabi abstraktlikdan konkretlikka ko‘ tarilish usulining ahamiyatini orttirdi. Shunga qaramay, ilmiy bilish jarayonida bu ikki usul doimo birlikda va o‘zaro bog‘liqliqda qo‘llaniladi. Bu usullar nazariy bilishning induktiv va deduktiv metodlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.