Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə82/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan;

  • Umumiy tasdiq va juz’iy inkor mulohazalarga nisbatan;

  • Umumiy inkor va juz’iy tasdiq mulohazalarga nisbatan qo‘llani-ladi.

    Uchinchisi istisno qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni ifodalovchi mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor bo‘lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bo‘lishi shart emas. Olingan ikki tushuncha yoki mulohazaning bir-birini hajm jihatdan to‘liq inkor etishi kifoya. Masalan, erkak va ayol tushunchalarining har ikkisi ijobiy bo‘lib, inson tushunchasining to‘liq mazmunini qamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi.
    Uchinchisi istisno qonunida ham, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, muno-sabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks xolda bu qonun o‘z kuchini yo‘qotadi, fikrning izchilligiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yo‘l qo‘yiladi.
    Uchinchisi istisno qonuni boshqa mantiqiy qonunlar singari ziddiyatli mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlab berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o‘z bilimlariga asoslangan holda o‘zaro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki xato ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o‘zaro zid mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lmasligini tasdiqlaydi.
    Uchinchisi istisno qonunini bilish muhokama yuritishda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun muhim bo‘lib, o‘zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi.


    Yetarli asos qonuni
    To‘g‘ri fikrlashga hos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
    Inson tafakkuriga hos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
    Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
    Mantiqiy asos bilan obyektiv, haqiqiy real asosni aralashtirib yuborish mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va oqibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan mulohazani «U shifohonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifohonada davolanish dastlabki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning yetarli asosga ega bo‘lishligining obektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bo‘lish xususiyatlarini ham, ya’ni obyektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bo‘lgan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
    Fikr – mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jaryon bo‘lib, unda bir yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Keng ma’noda biror mulohazani asoslash deganda, shu mulohazaning chinligini tasdiqlovchi ishonchli va yetarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va yetarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bo‘lish mumkin. Bulardan birinchisi asosan hissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi aqliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lgani kabi, empirik va nazariy asoslar o‘rtasidagi farq ham nisbiydir.
    Insonning shahsiy tajribasi makon va zamonda chegaralangan bo‘lib, sezgilari bergan ma’lumot esa hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy mushohadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy tajriba insonni tashqi olam bilan bog‘lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustqurmasi hisoblanadi.
    Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul-deduktiv xulosa chiqarish usuli, ya’ni umumiy chin mulohazalarga tayanib fikr yuritishdir. Berilgan mulohazani mantiqiy usul orqali boshqa chin mulohazalar yordamida asoslash mumkin bo‘lsa, unda berilgan mulohaza chin, ya’ni asoslangan bo‘ladi. Bunda fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanish umumiylik, hususiylik va yakkalik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, to‘g‘ri tafakkur qonunlarining obyektiv xarakterga ekanligini, barcha ilmiy qonunlarning obyektiv xarakterga ega ekanligi haqidagi umumiy chin mulohaza yordamida asoslash mumkin.
    Umumiy chin mulohazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalaridan, tushunchalarning ta’riflaridan, shuningdek aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning rasional yoki demonstrativ usullari bo‘lib, ular umumilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi.
    Shuningdek, asoslashning subyektiv xarakterda bo‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli bo‘lmagan usullari mavjuddir. Intuitsiyaga, e’tiqodga, avtoritetlarga va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko‘proq kundalik ong darajasida foydalanildi.

    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   228




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin