Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Formal mantiqga to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə79/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Formal mantiqga to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan, deb ta’rif berish mumkin.
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli o‘laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o‘rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Biz o‘rganadigan fan formal mantiq bo‘lib, u hozirgi paytda o‘zining mahsus formallashgan tiliga, to‘g‘ri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konseptual vositalariga ega. Tafakkurni o‘rganuvchi boshqa fanlar, hususan falsafa, psihologiya, fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida o‘zining munosib o‘rniga ega. Ayniqsa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, hususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivojlantiradi; bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lishiga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
Formal mantiqning asosiy qonunlari quyidagilardan iborat:
1. Ayniyat qonuni.
2. Nozidlik qonuni.
3. Uchinchisi istisno qonuni.
4. Yetarli asos qonuni.

Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiq ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.


Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga hos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, dialektik mantiq ilmining o‘rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan xolda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga hos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin