Tushuncha - predmetning muhim umumiy, zarur aloqalarini va xossalarini aks ettiradi.
Gipoteza — haqiqiyligi aniqlanmagan ilmiy taxmin yoki farazdir. Gipoteza, bu – fanda o‘rtaga qo‘yilgan savolga javob berishga intilib, bildirilgan fikrlar tizimidir. Shu bilan birga bu fikrlar faktual emas balki nazariy xarakterga egadir.
5-mavzu: Mantiq
Reja:
Mantiq ilmining predmeti va ahamiyati.
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
Tushuncha – tafakkur shakli sifatida.
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida.
Mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.
Tayanch so‘z va iboralar: Logika, mantiq, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni, formal mantiq, dialetik mantiq, matematik mantiq, simvolik mantiq, tushuncha, belgi, hukm, oddiy hukm, murakkab hukm, subyekt, predikat, mantiqiy bog‘lama, “mantiqiy kvadrat”, xulosa chiqarish, deduksiya, induksiya, analogiya, sillogizm, dalillash, isbotlash, rad etish, tezis, asoslar (argumentlar), faraz, nazariya, gipoteza, aksioma.
«Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli hil narsalarni ifoda qilishida o‘z aksini topadi. Hususan, mantiq so‘zi, birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan «subyektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |