Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə209/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Iegova shohidlari firqasi 1872 yilda adventistlardan ajralib chiqqanlar tomonidan tashkil qilingan va o’zlarini “Iegova shohidlari” deb ataganlar. Ular Iso bilan shayton o’rtasida muqaddas jang - armagedon bo’lib, unda Iso engib chiqadi, u o’rnatgan 1000 yil davom qiladigan jannat va jamiyatda Iegova shohidlari yashaydi, qolganlari esa armageddonda qirilib ketadi, deb ta’lim beradilar. “Iegova shohidlari” kelajakda g’azzovot, ya’ni diniy urush bo’lishini bashorat qiladilar, bu jihatdan bu sektani insonparvar sekta deb bo’lmaydi.
Iegovistlar markazi AQShdagi Nyu-York shahri yaqini-dagi Bruklik shahrida joylashgan. Iegovistlar jamoasi 15-20 kishidan tashkil topgan. Barcha guruh boshida “xizmatkor”, ya’ni rahbar turadi. Iegovistlar “Soqchilik minorasi” va “Informator” nomli jurnallar chiqaradi va ellik tilda tarqatadilar (yashirin ravishda).
Iegovo shohidlari AQShni “xudo yorlaqagan davlat” deb e’lon qilib, AQSh “shayton kuchlarini” yo’q qilish uchun xudo tomonidan tayinlangan, deb hisoblaydilar.
YuISA agentligi Iegovo shohidlarini mablag’ bilan ta’minlab bormoqda. Ahloq sohasida Iegovachilar o’z a’zola-riga: “Kabutardek beozor ilondek mug’ombir bo’ling” deb nasihat qiladi.
Ilk xristianlik firqasi. Ilk xristianlik firqasi 1-2 asrlarda xristian diniy ta’limoti shakllanishi davrida vujudga kelgan sektalardir. Xristianlik hech qachon yaxlit din bo’lmagan. Xristianlikning eng ilk asari “Ioann vahiynomasi” da xristianlarning turli guruhlari (Nikolantlar) Vaalam tarafdorlari, ayol payg’ambar Iezavela tarafdorlari) eslatib o’tilgan.
Ebionitlar sektasi (kambag’allar) yahudiylar marosimla-rini bajarishni tark qilmagan dastlabki xristianlar bo’lib, ular tamomila tarki dunyo qilishga da’vat etganlar. Isoning ikkinchi marta qaytib kelishini kutganlar, boylikka qarshi chiqqanlar. Isoni taqvodor odam sifatida ulug’laganlar, uni cho’qinish vaqtida osmondan ilohiy ruh tushgan, deb hisoblaganlar.
II asrning ikkinchi yarmida montanchilar sektasi paydo bo’lgan. Ular taqdirni oldindan aytib berish bilan shug’ullanganlar, zohidlikni targ’ib qilganlar, episkoplar hokimiyatini tan olmaganlar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin