Maslenitsa - qishni kuzatish va bahorni kutib olishga bag’ishlangan qadimgi slavyanlar bayrami. Bayram kunlari oilalarda blin (tuxum o’yma) taomi pishiriladi.
Messa (frantsuzcha) - katolik cherkovidagi litergiya. Messa ibodat qilish va organ musiqasi sadolari ostida ashula aytishdan iborat. 1962-1965 yillarda 2-Vatikan sobori qarori bilan liturgiya milliy tillarda o’tkazishga ruxsat berilgan.
Miro (yun.-xushbo’y yog’, moy)- miro surtish, cho’qintirish marosimida ishlatiladigan moy. Dastlab Miro oddiy o’simlik moyi bo’lgan. 6-asrdan boshlab unga balzam (malham) va xushbo’y narsalar aralashtira boshlangan, oq uzum sharbati, xushbo’y narsalardan tayyorlanadi.
Monastir (yun.-darvish hujrasi) - cherkovning muayyan yo’l yo’riqlari asosida birgalikda yashovchi monax rohiblar jamoasi va ular yashab turgan ibodatxonalar, turar joy uylar, maishiy xizmat xonasi, ombor, molxona, tsexlari majmuasi. Monastirlar katoliklarda monofi-zitlarda mavjud. Dastlab Hindistonda er. av. 1-ming yillik o’rtalarida buddistlar monastirlari paydo bo’lgan. Birinchi xristian monastirlari esa 3-4 asrlarda Misrda vujudga kelgan. Hozirgi paytda Rossiyada monastirlar yana qayta tiklanib amal qila boshladi.
Papalik salkam 1500 yil mavjud bo’lgan qadimgi diniy markazlardan birib bo’lib, dastlabki vaqtlarda papalik er-mulklar, ya’ni papa oblastiga xo’jayinlik ham qilar edi. Papalik Rim episkopligi negizida yuzaga keladi. Imperiya poytaxtini 330-yilda Konstantinopolga ko’chirilishi va so’nggi Rim imperatorining 476 yilda qulashi bilan Rimning dunyoviy-siyosiy hokimiyati episkop qo’liga o’tadi va uning cherkovga hukmronlik qilishiga asos solingan. Xuddi shu vaqtda Rim papasi unvonini oladi. 756 yilda franklar qiroli (Frantsiya) Pakana Pipin papaga er hadya qiladi. (Papa oblasti), bu papaning dunyoviy hokimiyatini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. F.Engels aytishicha, o’rta asrda papa feodal sistemaning baynalminal markaziga aylandi. Napoleon esa papaning butun Evropada mavqeini tushurib yuboradi. Papa Ioann XXIII cherkovning papalik obro’yini ko’tara boshladi. Papa Pavel VI (1963-1978 yillar) so’ngra papa Ioann Pavel II ( Hozirda papa lavozimida Frensisk) papalik mavqeini oshira bordilar.
Pastor (lot.-qavmga rahbarlik qiluvchi, cho’pon- ruhoniylik unvonini berish marosimini (svyashenstvo) inkor etuvchi protestant oqimlaridagi cherkov xizmatchi.
Pasxa (qadimgi yahudiycha pesax - o’tib turadigan)-injillarda yozilishicha krestga tortilgan Isoning «mo’’jizaviy tirilishi» xotirasiga bag’ishlangan xristianlarning asosiy bayrami. Dastlab pasxa qadimiy yahudiylarning chorvador va dehqonlari bayrami bo’lgan. Faqat 325 yilda xristian cherkovi jahon (Nikeya) soborining qarori bilan xristianlar pasxasi alohida, bahorning kecha-kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanbasida o’tkaziladigan bo’lgan.
Patriarx (yun.-ota, asos soluvchi) - pravoslavieda oliy diniy martaba bir qancha mamlakatlardagi pravoslav cherkovining boshlig’i. Katolitsizmda patriarx martabasi ayrim ierarxiyalarning boshliqlariga beriladi.
Pop (svyashennik, rasmiy cherkov tilida ierey, prosviter) pravoslavieda diniy marosimni ijro qiluvchi, ibodatni mustaqil olib borishga ruxsat etilgan o’rta darajadagi ruhoniy. Pop barcha sirli marosimlarni (ruhoniylik unvoni berish marosimidan tashqari) amalga oshiradi.
Postlar (ro’zalar) - umuman ovqatni oyoq yoki uning biror turini iste’mol etishni ta’qiqlovchi, cheklovchi diniy ta’qiqlar. Ilohiyotchilar fikricha ro’zalar inson ruhini amaliy poklash va yangilash uchun xizmat qiladi. Masalan, Xristovoverlarda piyoz, kartoshka, sarimsoq piyoz solish ta’qiqlangan.