Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə32/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning obyektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to‘la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko‘ra shunday prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
Bu oqim vaqillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to‘la his etishi, tushunishi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya — tom ma’noda mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g‘oyalari asosida umumlashtirdi.
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo‘lib qoldi.
Ekzistensializm vakillari asosan ikki yo‘nalishga bo‘linadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marsel) bo‘lib bunday bo‘linish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko‘ra, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini o‘zi erkin belgilaydi, uning kim bo‘lib yetishishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga o‘xshatiladi. Erkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo‘llari va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir. Ularning ta’limotida olamning o‘zgaruvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ta’riflaydilar.
Insonning xatosiz faoliyat ko‘rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iborat. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Djems fikricha, haqiqat foydali bo‘lgan narsa yoki hodisadir.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin