Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə37/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo‘lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat obyektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog‘liq bo‘lmagan jismoniy mohiyatga ega bo‘lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo‘lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘ta keng tushunchadir. U o‘ziga nafaqat obyektiv reallikni, balki subyektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi.
Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi.
An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko‘rsatiladi. Ularga: tabiat borlig‘i, jamiyat borlig‘i, ong borlig‘i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig‘i va jamiyat borlig‘ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig‘i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig‘i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo‘linadi: 1. Azaliy tabiat borlig‘i (yoki tabiiy tabiat borlig‘i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo‘lgan).
2. Odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig‘i («ikkinchi tabiat» borlig‘i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig‘i esa, o‘z navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:
inson borlig‘i (insonning narsalar olamidagi borlig‘i va odamning o‘ziga xos bo‘lgan insoniy borlig‘i);
ma’naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan ma’naviy borliq);
sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig‘i va jamiyat borlig‘i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin