Obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi



Yüklə 41,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.05.2022
ölçüsü41,32 Kb.
#57439
Borliq - Vikipediya



Borliq

Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi 

falsafiy


 tushuncha. U moddiypredmet

olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat,

biosfera, ijtimoiy borliq, obyektivideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy

prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin

qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, 

Forobiy


Ibn Sino


Umar Xayyom

, Ibn Rushd

kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning

falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-

biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy

bogʻliq, degan tushuncha yotadi.

Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq

mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning

realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq

(gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi;

u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda

qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. 

Platon


 unda chin,

xususiy „real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq farq qiladi.

Geraklit

 fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor.

Metafiziklar

 „haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud

narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. 

J. Berkli

D. Yum


 borliq faqat

subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliq ni qandaydir dunyoviy

ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan 

Gegel


falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib

boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliq ni ruhmahsuli

sifatida qarash 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen,



 

Soʻnggi tahrir 2 oy avval

 

213.230.120.46

 tomonidan amalga oshirildi  

N. G. Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar.

Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliq ning obyektivligini eʼtirof etadilar.

Borliq ning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi

zamon ontologiyasiga koʻra, borliq — barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari bilan

aynandir.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde


Yüklə 41,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin