Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Qism - butun tashkil etgan uning tarkibidagi bo‘lak, elementlar, komponentlardir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir. Tayanch tushunchalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə59/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Qism - butun tashkil etgan uning tarkibidagi bo‘lak, elementlar, komponentlardir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
Tayanch tushunchalar
Rivojlanish (progress) – bu ijobiy o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga va yakkalikdan umumiylikga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir.
Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo’nalishini belgilovchi obyektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy aloqasi.
Yakkalik - alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligidir.
Mohiyat - narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi.
Hodisa - narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shaklidir.
Mazmun - narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar va o‘zgarishlarning majmuidir.
Shakl - mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidir.
Sabab - bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhidir.
Oqibat - sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisadir.
Zaruriyat - muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan voqea yoki hodisadir.
Tasodif - ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqeadir.
Voqelik - real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir.
Imkoniyat - yuzaga chiqmagan voqelikdir.
Sistema – yunoncha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema – narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi.
Struktura - narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir.
Element - sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin