Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Zaruriyat va tasodif kategoriyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə58/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

5. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat - muayyan sharoitda kat’iy ravishda kelib chikadigan vokea yoki hodisadir. Tasodif - ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bulgan hodisa yoki vokeadir.
6. Imkoniyat va voqyeylik kategoriyasi – falsafaning muhim kategoriyalaridandir. Imkoniyat - yuzaga chiqmagan voqelikdir. Vokelik - real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir.
7. Sistema(tizim), struktura va element kategoriyasi. Falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib hisoblanadi. Sistema – yunoncha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.Sistema – narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura - narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Element - sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish aloqadorlik, munosabat jihatlarini taminlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir.
8. Butun va qism kategoriyasi. Bizni o‘rab turgan borliqdagi barcha narsa va hodisalar ko‘z o‘ngimizda bir butunlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ularni o‘rganish natijasida esa turli qismlar va bo‘laklardan ham iborat ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu qism va bo‘laklar o‘zaro ma’lum qonuniyatlar asosida birikib, ma’lum tuzilishdagi narsalar, hodisalar yoki jarayonlar butunligini tashkil qiladilar. Narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib esa bir sistemani hosil qiladi. Sistema esa muayyan strukturaga ega bo‘lib, o‘z navbatida u ham ma’lum elementlardan iborat bo‘ladi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, kabilar dialektik bog‘lanish va aloqadorlikda bo‘ladi.
Butun - o‘uzaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan narsa, hodisa, yoki jarayondir. Masalan, bizni o‘rab turgan olam - bir butundir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin