Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə87/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi.
Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch hil munosabat mavjud:

  1. Moslik.

  2. Qisman moslik.

  3. Bo‘ysunish.

Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«Abdulla Qodiriy», «O‘tgan kunlar romani muallifi» tushunchalari huddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi shema yordamida ko‘rsatish mumkin.
A- Abdulla Qodiriy.
B- O‘tgan kunlar romani muallifi.

Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:


A-Sportchi .
B-Talaba.

Doiralarning shtrihlangan qismi bir vaqtningn o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.


Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
B-Mantiq.

Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy xarakterga egadir. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «G‘oya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har hil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda.
Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch hil munosabat bor:

  1. Birga bo‘ysunish.

  2. Qarama-qarshilik.

  3. Zidlik.

Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
B-Mantiq.
C-Fizika.

Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A-Odam.
B-Baland bo‘yli odam.
C-Past bo‘yli odam.


Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi.


Masalan,
A-Odam.
B-E’tiqodli odam.
C-E’tiqodsiz odam.

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin