Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


ANALOGIYA ASOSIDA XULOSA CHIQARISH



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə95/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

ANALOGIYA ASOSIDA XULOSA CHIQARISH
Analogiya (grek. - moslik, o‘hshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan hususiylikka qarab, induksiyada hususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir hususiy holatdan boshqa hususiy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘hshash hossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o‘hshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘hshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqealikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘hshash bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish obyektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning hossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o‘hshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘hshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim hossalar o‘hshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) ahborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi.
Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol uchadi.

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.


Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning hossalari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlardir.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o‘ziga hos qonun qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga, shu jumladan talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin