Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Entimema. (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə94/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Entimema. (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Entimema deb, asoslardan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema - aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Entimemalar uch turli bo‘ladi:
1. Katta asosi tushirib qoldirilgan.
2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3. Xulosasi tushirib qoldirilgan.
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi
Sobirov mantiq fanini o‘rganadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
1. Sobirov falsafa fakultetining talabasi bo‘lganligi uchun mantiq fanini o‘rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, shu jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayonida, notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi.


Induktiv xulosa chiqarishi
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli hil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga hos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Induktiv xulosa chiqarish bilan batafsilroq tanishib chiqamiz.
Bilish, qaysi sohada amalga oshishidan qat’iy nazar-sog‘lom aql darajasidami yoki ilmiy bilishdami – doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan hossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda subyekt turli hil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o‘hshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turg‘un holda takrorlanib turuvchi hossaning ayrim predmetning individual hossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy hossasi bo‘lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya prinsiplariga yaxshi amal qilinsa o‘sha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi yukoriligini ko‘zatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har qanday davlatda aholining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish induksiya shaklida sodir bo‘ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga hosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib hizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular haqida qisqacha to‘htalib o‘tamiz.
Kuzatish predmet va hodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p hollarda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulidir. Unda subyekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan hodisaga bevosita ta’sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy holatida, bog‘lanshlarida o‘rganadi. Bunda subyekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob-uskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi.
Tabiiyki kuzatish pala-partish, uzuq-yuluq holda emas, balki izchil, ko‘pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korhona rahbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas’ul xodimlarning, ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma’lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubhalanayotgan kishini hibsga olishdan avval uning hatti -harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli hil sharoitlarda tabiiy holatda, unga halaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga qat’iy bir qarorga kelishi uchun zarur bo‘lgan faktlarni topishiga yordam berishi mumkin.
Tajriba (eksperiment) hodisalarni o‘rganishning murakkabroq usuli bo‘lib, u bilish obyektiga ma’lum bir tarzda ta’sir o‘tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan tuzilgan reja asosida, mahsus yaratilgan sharoitda, zarur asbob-uskunalardan foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
Ilmiy bilishning tehnikaviy asosi tobora mustahkamlanib borayotgan hozirgi sharoitda tajribalar turli-tuman murakkab asbob-uskunalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Ular hodisalarning sababiy aloqalarini aniqlashni, ichki qonuniyatlarini ochishni osonlashtiradi, tezlashtiradi.
Bu yerda, albatta, mukammal asbob-uskunalarning yaratilishining negizida ham obyektiv borliq va bilimga hos qonuniyatlarning ochilishi, ularni ifoda qiluvchi bilimlarning amaliyot, tehnikada joriy qilinishi yotishni, ya’ni, boshqacha aytganda, induktiv xulosa chiqarishda amaliyot va bilimning uzviy aloqada bo‘lishni nazarda tutish lozim.
Tajriba bilish jarayonida quyidagi qulayliklarni yaratishga imkon beradi.

  1. O‘rganiladigan (tajriba o‘tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ihtiyoriy ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin;

  1. Bilish obyektini «toza» holda, ya’ni boshqa obyektlar ta’siridan «ajratib» qo‘ygan holda yoki ular bilan birga bo‘lgan o‘zaro ta’sirida olib o‘rganish mumkin;

  1. Bilish obyektiga ta’sir etuvchi holatlarni ihtiyoriy tarzda o‘zgartirib turish mumkin;

  1. O‘tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin;

  1. Natijaning chinligiga ishonch hosil qilish uchun tajribani zarur bo‘lgan miqdorda takrorlash mumkin.

Induktiv xulosa chiqarishning asoslarida, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, kuzatish va tajriba natijalari ifodalangan bo‘lib, ular birorta S sinfiga taaluqli S1, S2,.. Sn hodisalarda p belgisining turg‘un holda takrorlanishi haqidagi ahborotni qayd qiladilar. Xulosasida shu belgining predmetlarning butun sinfiga hosligi haqida fikr hosil qilinadi. Unda muhokamaning shemasi quyidagicha bo‘ladi:
S1 hodisasi P belgiga ega
S2 hodisasi P belgiga ega
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Sn hodisasi R belgiga ega
S1, S2,..., Sn lar C sinfiga mansub
C sinfining har bir hodisasi P belgiga ega.

Tajribada ko‘p martalab takrorlanadigan predmetning turg‘un aloqalari sababiyatni, zaruriyatni ifoda qiladigan umumiylikdan iborat bo‘lib, u induktiv xulosa chiqarishda asoslardan xulosaga o‘tish uchun mantiqiy asos bo‘lib hizmat qiladi.


Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz’iy holni umumiylashtirish, ya’ni ayrim faktlarga hos xususiyatni berilgan sinfga taalluqli barcha predmetlarga hos xususiyat darajasiga ko‘tarish (generalizatsiya qilish) asosida umumiy bilim hosil qilishdan iborat. O‘z mazmuni va bilishdagi ahamiyatiga ko‘ra bu bilimlar kundalik tajribani umumlashtirish negizida hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, to empirik va nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha yetgan bilimlar bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bilish tarixi fanning turli hil sohalarida kilingan kashfiyotlar, masalan elektr, magnitizm, optikaga oid juda ko‘p sababiy aloqadorliklar, qonuniyatlar ularning aynan induktiv yo‘l bilan o‘rnatilganini tasdiqlaydi.
Induksiya asosida hosil qilingan xulosalarning mantiqiy qiymati, ehtimoliy yoki zaruriy bo‘lishi o‘tkazilgan tajribaning xarakteriga bog‘liq.
Kuzatish va tajriba tugalanmagan bo‘ladi. Keyingi o‘tkaziladigan tajriba, kuzatishlarda predmet va hodisalarning yangi muhim xususiyatlari, munosabatlari aniqlanishi mumkin. Bu esa, mavjud predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradi. Hususan, avval chin deb hisoblangan bilimlar shubha ostiga olinib qoladi, ehtimoliy tarzdagi fikrlarga aylanadi.
Mantiqda ehtimollik tushunchasi chiqarilgan xulosaning noaniqligini, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish zarurligini anglatadi. Shunga qaramasdan tajriba bilimning muhim vositasi bo‘lib qoladi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, ayrim, juz’iy faktlar haqidagi aniq bilimlardan noaniq xulosalarning chiqishi obyektiv voqelikni bili?ning murakkab dialektik jarayon ekanligini bildiradi. Voqelikdagi bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasini tajribada qamrab olish qiyin. Sinf predmetlarining barchasi qamrab olinganda ham, ularning xususiyatlarining hammasini o‘rganib bo‘lmaydi, chunki ularning soni ko‘p. Harakat, taraqqiyot davomida to‘htovsiz ravishda ularning ba’zilar? yo‘qolib, boshqa birlari paydo bo‘lib turadi.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to‘liq va to‘liqsiz induksiyalar farq qilinadi.
To‘liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga hosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATOga a’zo davlatlar, birorta shaharda joylashgan korhonalar va shu kabilar haqida xulosalarni to‘la induksiya yo‘li bilan olish mumkin. Hususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakatining yo‘nalishi soat strelkasi harakati yo‘nalishiga teskari ekanligi haqidagi xulosa aynan ana shu usul yordamida hosil qilinadi. Huddi shuningdek, «Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», «NATOga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar», «Toshkent shahridagi barcha korhonalar elektr energiyasi bilan to‘la ta’minlangan» kabi umumiy hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ham to‘liq induksiyani qo‘llash asosida shakllanadi.
Predmetlarning yopiq to‘plamini o‘rganish empirik tadqiqotning aniq bir sinfni bilish bilan chegaralanganligini bildiradi. Ana shuning uchun ham asoslardagi har bir predmet haqidagi ma’lumot qayd etilgan belgini sinf predmetlarining barchasiga yoyish, ularga tegishli, deb aytish uchun mantiqiy asos bo‘la oladi.
Demak to‘liq induksiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda berilgan sinfga mansub barcha predmetlar birma-bir o‘rganilib chiqilishi, ular haqida yakka hukmlar hosil qilinishi va asoslar sifatida qabul qilinishi zarur.
To‘liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) hosligini (yoki hos emasligini) aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga hosligi (hos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, huddi to‘liq induksiyadagidek, juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko‘proq umumiylshgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, to‘liq induksiyadan farqli o‘laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo‘ladi. To‘liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir.
Demak, to‘liqsiz induksiya bo‘yicha xulosa chiqarishga hos xususiyatlardan biri asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishning kuchsiz bo‘lishidir.
Ilmiy induksiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi haqida ham ma’lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o‘z aksini topadi.
Ommabop induksiyadan farqli ularoq, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish, uning mavjud bo‘lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, hususan, sababiy bog‘lanishlari o‘rganiladi. Ana shuning uchun ham, ya’ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham to‘liqsiz induksiyaning bu turini ilmiy induksiya deb atashadi.
Ma’lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi o‘rganilayotgan obyektni xarakterlaydigan qonunlarni ochish orqali uning (obyektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishidan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bo‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi.
Shuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, strukturaviy, funksional, genetik bog‘lanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan ko‘rish, yangiliklar yaratish imkonini beradi.

Ilmiy induksiya metodlari


O‘hshashlik metodi
Tafovut metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Qoldiqlar metodi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin