Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə93/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Sillogizmning umumiy qoidalari
Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo‘lgan qoidalar bo‘lib, quyidagilardan iborat:
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o‘rta terminlar bo‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o‘rta terminga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo‘lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi.
Masalan: Hamma notiqlar so‘z san’atini chuqur egallagandir.
So‘z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, terminlarning to‘rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat-iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.
Bu mulohazalarda «davlat» tushunchasining ikki hil ma’noda qo‘llanilishi chetki terminlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo‘lishi asoslar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo‘ladi:
Hamma notiqlar-shuhratparast.
Sitseron-davlat arbobi bo‘lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazalar o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.
2. O‘rta termin hech bo‘lmaganda asoslardan birida to‘la hajmda olinishi kerak.
Agar o‘rta termin hech bir asosda to‘liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog‘lanishi noaniq bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo‘lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o‘rta termin katta asosda juz’iy hukmning subekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo‘lganligi uchun to‘liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan xulosalar noaniq bo‘ladi:
a) Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir.
b) Kafedramizning ba’zi a’zolari notiqdir.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo‘lsa, xulosada ham shunday hajmda bo‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noo‘rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Hamma studentlar imtihon topshiradilar.
Hech bir abiturent student emas.
Hech bir abiturent imtihon topshirmaydi.
Bu misolda kichik termin hajmining noo‘rin kengayib ketishi xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
?
5. Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
?
6. Asoslardan biri inkor hukm bo‘lsa, xulosa ham inkor hukm bo‘ladi.Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga hiyonat qilish jinoyatdir
Vatanga hiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
7. Asoslardan biri juz’iy hukm bo‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo‘ladi. Masalan:
ßhshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin