Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#168448
1   2   3   4   5
Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi1

Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o’rtasida uzviy bog’liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va xodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo’lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi boglanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash xolatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan oxshashlik bo’lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo’lishi mumkin. Umuman, narsa va xodisalarni tarkibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy xodisa bo’lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko’ra, yo’qorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.

Mohiyat-o’zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. xodisa esa, ularning boglanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo’lishidir. Mohiyatni aloxidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o’rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko’ra, asosiy va asosiy bo’lmagan, nisbatan barqaror yoki o’zkaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida ornini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur. Narsa va xodisalarning mohiyatini bilish ularning inson extiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo’lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan xayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko’ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va extiyojlariga, sivilizasiya kelajagiga boglab taxlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo’ladi.


Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin