Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#168448
1   2   3   4   5
Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi1

XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar taxlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Gant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, Ko’plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o’zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Gantdan farqli o’laroq, Xekel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g’oya) tarzida izohlagan.

Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. Falsafada o’z xususiyatlarika ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.

Alohidalik, hususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo’layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraqlashgan holda namoyon bo’lishidir. Alohidalik va umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo’lish shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarika utish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni takozo qiladi. Aloxidalikning umumiylikdan farkini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini kullash bozor stratekiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashka yordam beradi.


Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin