muhim o’rin-larni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa,
munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va
butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning
bu kategoriyalari
dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-
nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga,
tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab
chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini
dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida
hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari
sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan bo’ladi.
Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq fanlar o’zlari
erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar chiqarishda
falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-dilar. Aniq
fanlar o’z
tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-tegoriya-
larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida fanlar uchun
falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida falsafaning
roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-yonida
murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni
tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday
paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda
ham falsafaning
metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-
ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning
umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini
ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning
rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi. U bunda inson
bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarning haqi-
qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi.
Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish
bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni
bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi.
Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini
qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-
qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni
o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-
tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini hal
qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik
funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq
va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod
rolini o’ynaydi.
Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir.
Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-
nib
qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan
ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy
tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda
falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi
mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum
ularni ruyobga chiqarishga
intilgandek tuyuladi.
Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari
uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil,
ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, «davlat
tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,-degan fikr asosida
qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab kishilarni
o’limga hukm qilishi ham mumkin.
Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid
ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-
lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha
ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut
saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Falsafaning funktsiyalari orasida madaniy-tarbiyaviy funktsiyasining o’rni
ham beqiyosdir. Falsafa madaniyatli shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi omil
vazifasini o’taydi. Madaniyatli shaxsning eng asosiy
fazilatlaridan biri-aqliy
zukkolikdir. Aqliy zukkolik-shaxsning tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan turli
hodisa va voqealarni, jarayonlar kuzatish, uning mohiyatini ilg’ab olish, sabab-larini
tushunish, oqibatlarini oldindan ko’ra bilish, bun-dan to’g’ri xulosa chiqarish
qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi
holatini ifodalovchi kategoriyadir. Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur
yuritish
qobiliyati,
aql
mustaqilligi,
ijodkorlik
tashkil
etadi.
Ushbu
komponentlarning barchasi yuksak darajada shakllangandagina fikrlash madaniyati
yuksaladi. Shaxsning voqea va hodisalardagi ziddiyatlarni aniqlash va ularni
bartaraf etish qobiliyati esa fikrlash madaniyatining mezoni hisoblanadi.
Falsafa informatsiyalar to’plash funktsiyasini ham bajaradi. Uning asosiy
vazifalaridan biri-hozirgi zamon fani, tarixiy amaliyot
hamda bugungi inson
intellektual salohiyati talablariga javob bera oladigan dunyoqarashni shakl-
lantirishdan iborat. Buning uchun esa ob‘ektni to’g’ri aks ettirish, uning kom-
ponentlari va elementlari, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ishonchli ma‘lu-
motlar olish maqsadida turli informatsiyalar yig’ish, tahlil etish, qayta ishlash va
sistemalashtirish bilan shug’ullanadi. Bu informatsiyalar turli falsafiy katego-
riyalarda o’z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: