Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli.
Reja:
1. Falsafiy dunyoqarash
2. Falsafaning asosiy funktsiyalari
3. Falsafaning ilmiyligi muammosi
Falsafa - borliq, uning turli shakllari orasidagi o’za-ro aloqadorlikni ifoda-
lovchi nazariy qarashlar sistema-sidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning
ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bili-shining
eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir.
Falsafa
dunyo va unda in-sonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo’lgan muno-
sabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan
qarashlar sistemasini ishlab chiqadi. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat,
jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari va asosiy
harakatlan-tiruvchi kuchlarini o’rganadi.
Falsafa, avvalo, dunyoni nazariy o’zlashtirishdir, u in-sonning tabiat, jamiyat
va inson tafakkuri haqidagi naza-riy tushunchalari, qarashlari va fikrlaridir. Falsafa
ki-shilarni
bir butun dunyo borliq, materiya, tabiat, jamiyat va inson to’g’risidagi
umumiy nazariy bilimlar, g’oyalar bilan qurollantiradi. Bu nazariy bilimlar, g’oya-
lar o’zlarida fal-safiy dunyoqarashni ifodalaydi. Falsafa dunyoqarash sifatida
jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy
va mafkuraviy kurashlar bilan, bir
butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U
ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy
hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqa-
rishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar
asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib
chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar
falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ularga yangicha hayotiy maz-mun
berila boshlandi. Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy
dunyoqarashlardangina
farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham
chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini
mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi.
Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam
va odam (yoki ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, moddiylik va ma‘naviylik, katta olam va
kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk fay-lasuf
Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o’zi ulug’ olam (olami kubro) bo’lsa.
Insonning o’zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta‘kidlaydi. Bunda odam olamning
bir bo’lagi sifatdagina emas, borliqning o’ziga xos shakli si-fatida idrok etiladi.
Boshqa
narsalardan farqi shundaki, u o’ylash va bilish, sevish va nafrat-lanish,
quvonish va qayg’urish, orzu qilish va baxtli bo’lish imkoniga ega. Ushbu qarama-
qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsa-faning bahs mavzuini tashkil etadi.
Falsafa uchun xarakterli bo’lgan ba‘zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik-
shakarning ob‘ektiv xossasimi yoki odamning sub‘ektiv tuyg’usimi? Go’zallik-
narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o’ylab topilgan mezonmi?
Chuqurroq o’ylab qarasak, bu va bunga o’xshash savollar bir umumiy muammoga-
borliq va ong, ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, olam va odam orasidagi o’zaro munosa-
batlarga taalluqlidir. «Falsafaning asosiy vazifasi,- deb
yozgan edi Bertran Rassel
ushbu savollarga javob berish yoki hech bo’lmasa ularni tadqiq etishdan iboratdir».
Bundan xulosa shuki, «olam-odam» muammoning umumiy formulasi deb hisob-
lanishi mumkin. Shuning uchun ham uni falsafaning asosiy masalasi deb atashadi.
«Olam - odam» munosabatlarini uch asosiy tipga bo’lish mumkin: gno-
seologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga
doir). O’z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prin-sipial
ahamiyatga ega bo’lgan uch savolni aytib o’tgan edi. Ular quyidagilar: «Nimani
bilishim mumkin?», «Nima qilishim kerak?», «Nimaga umid qilishim mumkin?».
Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo’lgan
munosabatlarining uch tipiga mos tushishiga ishonch hosil qilamiz.
Falsafiy bilish «Olam nima?» degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu
savol mohiyatan «Biz olam haqida nimalarni bilamiz?» degan savol bilan tutashdir.
Falsafa-bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas.
Asrlar
davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib
ko’rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalari o’ziga xos
xususiyatga ega.
Nazariy-falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim
yordamida kishilarda o’z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj
vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof-muhitni o’rganish bilan cheklanib qolmay,
makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tash-lashga ham harakat qiladi.
Buni faylasuflar intellektning tajribasiz bilim yig’ishga bo’lgan
qobiliyati deb
ataydilar. Haqiqatan ham, olamni makonda tubsiz zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida
bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo’lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni
dunyoga keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur.
Xullas, falsafiy dunyoqarash-nazariy sistemalashti-rilgan, izchil, asoslangan
qarashlar yig’indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy
masa-lasi ana shu ikki qutb orasidagi o’zaro aloqadorlik
muno-sabatni tadqiq
etishdan iborat.