Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va 
gobbscha monistik talqiniga o‘zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo‘yadi. 
Dekart bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» 
substansiya va moddiy yoki «ko‘lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki 
substansiya parallel mavjuddir. Ularni o‘rganish bilan metafizika va fizika shug‘ullanadi. 
Metafizika avvalo ma'naviy substansiyani, u bilan bog‘liq bo‘lgan bilish va borliq tamoyillarini 
o‘rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, yerda hayotning 
rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta'limotni o‘z ichiga oladi, hayvonlar va inson 
tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo‘ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o‘rganadi 
(R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi). 
Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi ta'limot zamirida quyosh tizimsining tabiiy 
rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari 
harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni 
Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda ko‘chishi sifatida tushunadi. Shunday qilib
R.Dekart o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko‘lamliligi sifatida tan oladi, 
lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan ko‘chishi sifatida tushunadiki, bu makonni 
bo‘shliq sifatida tan olishni anglatadi.
R. Dekartning bilish haqidagi ta'limoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart o‘zining «Metod 
haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan 
emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual 
intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha g‘oyalarni Dekart ikki guruhga 
ajratadi: sezgilar ta'sirida tug‘ilgan g‘oyalar va tug‘ma g‘oyalar. Tug‘ma g‘oyalar mutlaqo 
ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo g‘oyasi, matematik aksiomalar va shu kabilarni 
kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga shubha bilan qarash kashfiyotga yo‘l ochuvchi 
mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, 


matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga shubha bilan 
qaraydi. Ammo, hamma narsaga shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u 
shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shu tariqa 
u fikrlash birdan-bir ishonchli dalildir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, 
yashayapman».

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin