Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz 
mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, bilimlar va tajriba,, 
muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga 
harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliqdir. Boshqacha 
aytganda, muayyan obyekt haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. Shu munosabat bilan u yoki bu 
odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo 
o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan 
dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga 
kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar 
dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy 
dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida 
amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, 
faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ 
funksiyani bajaradi.
Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga 
nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy 
ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir. 


Shu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong 
va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va 
mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor 
bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy 
faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga 
aylanadi hamda pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida 
amal qiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin