O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute Amaliy matematika va Fizika fakulteti matematika informatika yo’nalishi iii-bosqich 308-guruh talabasi Yovqachev Mirjalolning Falsafa fanidan “Dunyoqarashning mohiyati



Yüklə 13,65 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü13,65 Kb.
#197539
  1   2   3   4   5
1.ppt


Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute Amaliy matematika va Fizika fakulteti matematika informatika yo’nalishi III-bosqich 308-guruh talabasi Yovqachev Mirjalolning Falsafa fanidan “Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari” mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Tayyorladi:M. Yovqachev

Tekshirdi:M.Xamrayeva

Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari

Reja:


  • Dunyoqarashning mohiyati.

  • Dunyoqarashning tuzilishi va shakllari.

  • Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari).

Dunyoqarashning mohiyati


  • Dunyoqarashning mohiyati. Ayni Shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to’plangan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o’zi va o’zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to’g’risida ishonch bilan so’z yuritish mumkin.

  • Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo’l ko’rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.

  • To’liqroq, kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, dunyoqarash – insonning o’zini qurshagan borliqqa va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatga nisbatan yondaShuvlar tizimi, Shuningdek odamlarning mazkur yondaShuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo’ljallaridir.

Dunyoqarashning mohiyati


  • Shu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo’lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog’liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi.

Yüklə 13,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin