Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish, ko‘rish 
va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafavujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat 
falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar 
borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, 
jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy 
faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy 
tizimidir. Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi 
oqilona yo‘l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga egaki, 
bir savolga javob ko‘pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba’zan muammoga 
nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi 
va yangi tadqiqotlarga da’vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish muhim 
o‘rin egallaydi.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan 
barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq, asosiyroq 
hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi 
albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham 
diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa
aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam 
va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson 
bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u 
yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga 
mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi 
bo‘lishimiz mumkin.  

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin