Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql»



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», 
qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga 
xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning 
obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy narsalarga e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy 
kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din 
ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavxum nazariy 
fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z 
rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga 
olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik 
vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan 
shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –
falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga 
keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod 
va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda 
avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining 
tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan 
qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba 
va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan 
chiqolmay qoldi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin