Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek 
borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. 
(bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha 
qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Odatda 
metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan 
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana 
boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda 
ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana 
shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish 
ko‘rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish 
funksiyasini ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi obyektlari va hodisalari 
insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab 
yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj. Ilmiy 
bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g‘ayratni 
birlashtirish jarayoni yakkalanish xavfining oldini olish imkonini beradi. Zero, ayrim fanlar 
paydo bo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot obyekti va predmetini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur 
fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf 
ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar 
susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o‘zaro aloqa qilish qobiliyatini 
yo‘qotadi. Bu esa ilmiy bilmning o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi zamon fanida ba’zan ayrim 
ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya’ni har biri o‘z 
fanining tilida gapirgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda bog‘lovchi 
bo‘g‘inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o‘z tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni 


ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llaniladigan fundamental 
tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi.
Murakkab obyektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o‘z predmetidan 
kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o‘rganilayotgan obyektni yaxlit ko‘rish, uning aloqalarini 
aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun 
vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson 
faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog‘liq 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o‘rtasida ham bog‘lovchi bo‘g‘in 
hisoblanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin