Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Falsafaning madaniy funksiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga 
qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon 
bo‘ladi. U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi 
yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli 
mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini 
yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o‘zaro 
ta’siriga ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarni 
yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi (yunon. axia - qadriyat) hayotning ma’nosi, o‘lim 
va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, 
“yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon 
bo‘ladi U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan farqlash, yuzaki 
jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar 
va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo‘ljallari va 
ustuvorliklari belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning 
muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-
atvorini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan 
munosabatlar ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning 
tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu 
jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan 
meyorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday meyorlar ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, 
ularning munosabatlari, o‘zaro til topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish 
mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va 
shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin