Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma'mun (813-833)
hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi,
Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi.
IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning
turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya,
tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa
va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar.
IX asrda boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka
qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo‘g‘ullar istilosini
boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar –
Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-
mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-
yillarida Xorazmiylar davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‘p
asrlik
urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san'at va adabiyot rivojlanishda davom
etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino, va boshqa buyuk
allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy
Osiyoda uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga
xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. barcha odamlarni ma'rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni
mamlakatlarning fan, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni
rivojlantirish;
2. tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning
kuchiga ishonish, asosiy e'tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb
bilish;
3. insonga xos tabiiy, badiiy, ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash,
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma'naviy qonunlarga rioya qilish;
4. universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning
barcha muammolariga qiziqish, bu davr
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-
sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy
aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida
madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi,
tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an'analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng
to‘g‘ri yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga
bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal
rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini
kengaytirishga imkoniyat
yaratdi.O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida
ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya
sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma'lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan
Sharq
faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur
faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk
faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik,
shoir va mutafakkir Umar
Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Dostları ilə paylaş: