muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan
jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-
barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta'limotidan foydalangan.
U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki uning
paydo
bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan.
Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki
dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini
sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi.
Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a'zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan
bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini
yechishga intilish bilan
tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar
– havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini
sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob'ektiv mavjudligiga urg‘u beradi.
Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa
fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan
holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy
fikricha, ob'ekt sub'ektga qadar mavjud bo‘lgan.
Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham
bilishdan oldin paydo bo‘lgan
1
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida
o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy
mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar
yordamida inson fanni
o‘rganadi. Forobiy «Fan va san'atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning
uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan
mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo
bo‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi,
ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyati va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu
kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan
farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma'lum sezgi
organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham
moddiy sababsiz
mavjud bo‘la olmaydi
2
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat'iyan rad etadi va ruh ham,
tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil
bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi,
mavjud tushunchalar va
g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo
bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar
haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun
ham
umumiy tushunchalar mavjuddir,
3
deb hisoblaydi buyuk mutafakkir.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash
imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq
ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi
masala undan voz kechish ma'nosida yechilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima
birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi haqida bo‘lishi mumkin. Endi
tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan
1
Qarang: Farobi. Kommentarii k kategoriyam Aristotelya // Izbranniye proizvedeniya misliteley stran Blijnego i
Srednego Vostoka. – M., 1961. – 191-b.
2
Qarang: Farobi. Fusus al-Xikam. Majemu al-Farabi. – Kair, 1997. – 150-152-b
3
Farabi. Kitab al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 25-b