Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor 
talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan –bu butun inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi borliq 
haqidagi obyektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda 
“fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida 
talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, 
faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash 
uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq 
ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim 


emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan 
muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy 
bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlariMiloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha 
bo‘lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot 
tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va 
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi 
dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari 
naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va 
boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan 
falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim 
fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin