muammolardan biri –
insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va
ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining
asarlariga
yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Biroq,
ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga
to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa mashhur
faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka qarshi
yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish
mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim jarayoniga
e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar;
birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani
anglatsa, ikkinchi atama bilim
berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi.
Bunda paydeyya, Aristotel ta’biri
bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. Shu bois Protagor,
Suqrot va Platon aytganidek,
falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to‘g‘ri
fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim.
Dostları ilə paylaş: