I.Mo‘minov (1908-1974) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.I.Mo‘minovtomonidan 1956 yildaO‘zbekistonFanlarAkademiyasining “O‘zbekistondaijtimoiyfanlar” jurnaligaasossolinishiilmiytadqiqotishlaritarkibivamavzularidoirasiningnisbatankengaytirilishi, ijodiyerkinlikkayo‘lochdi. 1957 yilda I.Mo‘minov tashabbusi bilan O‘zFA huzurida “Falsafa va huquq instituti” tashkil qilingan, O‘zbek ensiklopediyasining birinchi mas'ul muharriri bo‘lgan.
I.M. Mo‘minov o‘zbek faylasuflaridan birinchi bo‘lib, sovet tuzumining millatni ma'naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o‘z-o‘zini anglashga yo‘l qo‘ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va ma'naviy merosni, o‘zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshq axalqlari yaratgan boy ma'naviy qadriyatlarni har tomonlama o‘rgandi.
I.M Mo‘minovning Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada “Beruniy – ensiklopedist olim” mavzusidagi ma'ruzasi va “Xorazmlik buyuk ensiklopedist” monografiyasining o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida nashr qilinishi olamshumul voqyea bo‘ldi. Xususan u “Biz buyuk xorazmlik olim Beruniyga vatanparvarligi, insonparvarligi uchun, olimning quvonchi va baxtini umuminsoniylik va milliylik, umumiylik va xususiylik birligida ko‘ra olgani uchun buyuk hurmat bilan qaraymiz. Beruniyda vatanparvarlik izchil insonparvarlik bilan uzviy bog‘lanib ketadi”32, deb e'tirof etadi. O‘sha davrda o‘tmish mutafakkirlari va olimlarining insonparvarlik salohiyati, qarashlari va ta'limotlaridagi nodir milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida hyech narsa deyilmagan yoki ular inkor qilingan bir vaziyatdagi bu sa'y harakat milliy falsafa rivojidagi dastlabki uchqun bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va ularni sharhlagan holda Amir Temurning shaxsi va faoliyatini ob'ektiv tahlil qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo‘minov o‘sha davrdagi ilm ahlini Amir Temurning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to‘g‘ri baho berishga chaqirdi va 1969 yilda YuNeSKO homiyligida Samarqand shahrining 2500 yilligi, Temur va Temuriylar davridagi O‘rta Osiyo san'atini o‘rganishga bag‘ishlangan konferensiyada “Amir Temurning O‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli”mavzusida ma'ruza qildi, jiddiy muhokamalardan so‘ng ma'ruza o‘zbek va rus tillarida nashr qilindi. U ”Bunday shaxsning yuzaga kelishi davrning, zamonning taqozosi, Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarni vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movaraunnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlari, azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma'lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o‘zida aks ettirdi, ya'ni Movanaunnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor sinflar, savdogarlar, karvonsaroy egalari hamda ma'lum ma'noda aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning ko‘p joylarida qurilishlar qildirdi, kamida yuz yigirma yil davomida nisbatan osoyishtalik o‘rnatdi. Bu shubhasiz, mamkalakatda iqtisod, madaniyat, fan, adabiyot va san'atning o‘sishida muhim omil bo‘ldi. Temurning O‘rta Osiyo tarixidagi xizmati, bizningcha ana shulardan iboratdir”33 deb ta'kidladi.
I.Mo‘minov “Amir Temur O‘rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va boshqa yevropa xalqlariga, shuningdek Shimoliy Afrika xalqlariga, birinchi navbatda Misr xalqiga yordam ko‘rsatdi”34deb ta'kidladi. Bu asari bilan I.Mo‘minov ba'zi tarixchilarning “Amir Temur o‘zidan vayrona va kuldan boshqa hyech narsa qoldirmadi”, “Temur va Chingizxon bir tarzda ish ko‘rdi” degan uydirma da'volarning asossiz ekanligini isbotladi. Bu totalitar mafkura hukmronlik qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. Shu bois, I.Mo‘minov ma'muriy –buyruqbozlik tizimi mafkurasining keskin tanqidi va adolatsiz tazyiqiga uchradi. Chunki marksistik mafkura uchun millatning o‘z –o‘zini angalashga asos bo‘ladigan ilmiy tarixiy dalillar emas, balki millatlar va xalqlarni tarixiy ildizlaridan va qadriyatlaridan uzib qo‘yadigan kommunistik ongni shakllantirish muhimroq edi. Shunday bo‘lsada, 1976-1977 yillarda uning 4 jildlik “Tanlangan asarlari” nashr qilindi. Ushbu kitoblarga I.Mo‘minovning nafaqat O‘rta Osiyo mutafakkirlari, (Mirzo Bedil, A.Beruniy, Yu.Qoshg‘ariy, A.Navoiy, A.Jomiy), balki g‘arb falsafasi namoyondalari (Gegel, Kant, Yum, Fixte) ijodiga bag‘ishlangan asarlari jamlangan.