Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Shermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə24/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Shermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy maktabining asoschi. Shuningdek u “Ijtimoiy falsafa”, “Pedagogika tarixi va nazariyasi”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi yo‘nalishlarda jami 570 yaqin ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning muallifi.
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti
bosqichlari: G‘arb falsafasi
Qadimgi Yunon-Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafii, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy- axloqiy ta’limotlari urganiladi.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII—VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624—547 yillarda yashagan) o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bulgan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bulgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U “Tabiat haqida” asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issikdik va sovukdik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588—525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo‘lgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillar) Kichik Osiyoning Harbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. “Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi” Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo‘ladi. “Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir”, degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o‘rtasida urushlarni targ‘ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto‘g‘ri Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zarb qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning karashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580—500 yil) Pifagor Yunonistonnin Samos orolida yashab o‘tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Sa-
mosni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda mikdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U “tartib” to‘g‘risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Eley falsafiy maktabi. Eley maktabining namoyondasi Ksenofant (eramizdan avvalgi VI—V asr) shoir va faylasuf bulgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen
Laertskiyning yozishicha, Ksenofant “Tabiat haqida” asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. U ko‘pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o‘simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat — o‘zgarmas va harakatsizdir, “Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi”, “Biz hammamiz yerdan tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz’u Ksenofant qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki bo‘ldi.
Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug‘ilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do‘sti Zenon (490—430 yillar) o‘z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Sofistlar falsafasi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o‘rin tutadi Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar, notikdar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Suqrot (asli Sokrat) (eramizdan oldingi 469—399 yillar) — qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O‘z davrida Afinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun , ruhoniylar uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki. ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutilish imkoni bo‘lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo‘lishidan qati nazar, so‘zsiz itoat etishni targ‘ib etganlari g‘oyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto‘g‘ri va adolatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo‘lsa-da, ularga bo‘ysungan. Shu ma’noda, Suqrot o‘zini aybdor deb topgan sud hukmiga itoat etgan va o‘zini uning ixtiyoriga topshirgan.
"Aflotun mening do‘stimu ammo qonun do‘stlikdan ustun turadi ”, degan hikmatli ibora o‘sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan hamda xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant “Sukrot haqida esdaliklar” asarida o‘z ustozi haqida iliqso‘zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qo‘yish — tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulug‘lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida Suqrot nomidan bayon etganuSukrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-odobning ahvoliga bog‘lik. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi boisgxalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan.
Aflotun. Suqrotning shogirdi Aflotun (asli Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan. 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do‘sti va shogirdi bo‘lgan. Aflotun “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi ” ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G‘oyapar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur iz qoldiradi. Aksariyat kishilar esa soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. U Aflotunning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o‘rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo‘lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo‘lgan) Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir “Davlat” “Qonunlar”, “Siyosat” va “Kritiy” nomli asarlar yozib qoldirgan. “Davlat” asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g‘oyalar nazariyasi bilan uzviy bog‘liqholda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to‘rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Arastu Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (asli Aristotel) (384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jaqonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. O‘n yetti yoshida o‘z
ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning unimiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filipp II ning taklifiga binoan, uning o‘g‘li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko‘tarilgan Aleksandr Makedonskiyning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan keyin Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida “Likkey” nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliya
tining samarali bo‘lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu, ko‘p o‘tmay, o‘sha yerda vafot etgan. Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, falsafa,
axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini “Organon” (“Kurol”) nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga —nazariy va amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga — falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf ta’limotiga ko‘ra, olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan. ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti “Davlat”, “Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanmaydi, balki ma’murlik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
Demokrit. Yunon falsafasida Demokritning qarashlarida ham Muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borlik — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo‘shliqo‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar— bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir
xil, uning mikdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi. Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U “na tabiatda, na jamiyatda hech bir narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi”, deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta’limot muhim o‘rin tutadt. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog‘likdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim. Meyor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so‘zlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning axloqiy qarashlari o‘z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat etadi.
Epikur (341—270 yillar) — qadimgi yunon mutafakkiriuUDemokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikurta’limotiga ko‘ra, olam — moddiy, abadiy va cheksiz, atomlar —bo‘linmas, olam— jism va bo‘shlikdan iborat. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo‘lgan.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin