Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə47/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Ong va ruxiyat (psixika). Ong psixik in’ikosning o`ziga xos, yo`qsak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi. Negaki, psixika xayvonlarga ham xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muxim axmiyatga ega.
Psihologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi. Aytaylik, birinchi marta mashinaga utirganimizda, birinchi marta surat olayotganmizda deyarli barcha haraqatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina haraqatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma-xil soxalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta faoliyatni o`z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Хatti-haraqatlarning ongsizlik soxasiga kuchishi bir tomondan ong «yo`qi» ning yengillashiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuchi, kuvvati, «dikkati»ni, inson hayoti uchun muxim bo`lgan harakat, jarayonlarga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.
Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi. Ana shu xususiyatlarni inobatga oladigan bo`lsak, ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning muxim buKinidir. Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o`rtasidagi chegaraviy soxadir.
«Gap tagida- gap bor, kosa tagida- nim kosa» naqlida ong ostiga xos bo`lgan xususiyatlar ifodalangan, deyish mumkin. Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni vaqtda biz uchun ahamiyati bo`lmagan holatlar bo`ladi. Ammo, bu ular ko`zatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani emas. Biz uchun ahamiyatli harakter kasb etganda, ular ong ostidan ong sferasiga kuchishi mumkin. Masalan, biror joyga borayotganda, asosan, maqsadga tomon harakat qilinadi, ammo yo`lda uchragan boshqa narsa va hodisalar ham ko`zatiladi, esda qoladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda, ong osti inson ongli faoliyatining o`ziga xos ko`zatuvchisi, zarur bo`lgan hollarda senzori sifatida chiqishdek sifatlarga ega, deyish mumkin.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin