Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə59/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg`i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taksimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to`g`risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, G`oyalar, mafko`ra, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o`rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jixatlari ham muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o`zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari kondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taksimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taksimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug`ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o`ziga xos o`rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo`shadi.
Jamiyat taraqqiyoti to`g`risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Хususan, nemis faylasufi Хegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutloq ruxning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog`lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Franso`z mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy ko`rash va inqilobiy o`zgarishlar bilan bog`lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutloqlashtirgan va ziddiyatlarni xal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taqlif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoklama va xato ekanini ko`rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko`p bosqichli jarayon ekani to`g`risidagi qarashlar AЈSh faylasufi O. Тoffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko`ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, indo`strial jamiyat, postindo`strial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv G`oyasi ilgari surilmokda. Bunday yondashuvga ko`ra har bir xalq o`zining betakror, noyob, o`ziga xos va o`ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o`ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o`z oldiga kuygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo`lgani kabi, jamiyat ham o`z oldiga kuygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin