Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə48/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Ongning to`zilishi. Ong o`zaro aloqada bo`lgan turli unsur (element) lardan tashkil topgan murakkab ma’naviy to`zilishga ega.
Ong in’ikosning o`ziga xos shakli ekan, avvalo, unda aks ettiriladigan ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar xissiy va ratsional shaklda o`z ifodasini topadi. Demak, bilim ong to`zilishining asosiy unsuridir. Shuning uchun ham bilimlarning boyib, chuqurlashib borishi ong rivojlanishini harakterlaydigan muxim belgi sifatida yo`zaga chiqadi.
Ong to`zilishining yana bir unsuri xilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladigan kechinmalardir. Ularda in’ikos ob’ektiga munosabat gavdalanadi. Bilimlarimizning chuqurligi va qulamliligi, xissiyotlarimizning namoyon bo`lishi yoki bo`lmasligi intilishimiz — irodamizga bo²lik. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yo`zaga keladigan har qanday tusiklarni yengib o`tishga, ko`zlangan maqsad yo`lida tinmay harakat qilishga yo`l ochadi.
Iroda tabiatning in’omi emas ekan, uni tarbiyalash, kamol toptirish shaxs hayotida, uning jamiyatdagi o`z o`rnini topishida muxim ahamiyatga ega. Zero, irodasizlik eng ulug` niyat va maqsadlarni barbod qilibgina qolmay, insonning to`g`ri yo`ldan toyib ketishiga va turli salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga olib kelishi ham mumkin.
Ong va til. Тil ongning insongagina xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Хush, til deganda o`zi nima tushuniladi? Тil, bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash to`g`ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi xayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o`rtasida muayyan axborot almashinuvi sodir bo`ladi.
Aytaylik, kabutarlarining «muxabbat» raksi, jonzodlarning xavf-xatar paydo bo`lganda turli tovush — belgilar yordamida bir-birini ogoxlantirishi, ayrim xayvonlarning o`zi yashaydigan xududni turli yo`llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday belgilar tizimining o`ziga xos ko`rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor beriladigan bo`lsa, bu belgi — signallar tizimi o`zok davom etgan evolyutsiya davomida xosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch xosil qilish mumkin.
Хatti-harakat yoki boshqa belgilar yordamida o`zatilayotgan axborotning mazmuni muayyan vaziyatdagi holat bilan belgilangan bo`ladi. Bundan farqli ularok inson nutki, tili konkret vaziyat, makon va zamondan holi bo`lishi, unga bog`liq bo`lmasligi ham mumkin. Boshqacha aytganda, u o`zida utmishni, hozirgi holatni va istiqbolni ham ifodalashi mumkin. Bu inson tilining belgilar tizimi sifatida xayvonot dunyosida amal qiladigan belgilardan tub farqini ko`rsatuvchi muxim xususiyatidir.
Тil kayd qilinganidek, belgilar tizimidir. Fan yo`qsak taraqqiy qilgan xayvonlarda axborot o`zatishga xizmat qiladigan murakkab belgilar tizimi mavjud ekanligi va u xayvonot olami evolyutsiyasi bilan bir paytda takomillashib borganligini isbotlamokda. Demak, til yo`q joydan, birdaniga paydo bo`lib qolmagan. Ong in’ikos shakllarning o`zok davom etgan evalyutsiyasining tabiiy xosilasi bo`lganidek, u bilan uzviy bog`liq bo`lgan inson nutki ham axborot o`zatishga xizmat qiladigan belgilarning murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’iy nazar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog`liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Тil yordamidagina ong kishining o`zi va boshqalar uchun vokelikka aylanadi. Тilda ifodalanayotgan ma’no — mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, kizikishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bog`liq bo`ladi. Тil fikrlash kuroli, Muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmokda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qullaydigan tabiiy til bilan bir qatorda Muloqotning rang — barangligini ta’minlaydigan, fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o`ziga xos imo-ishoralar raks, musika «tiliga» ham ega. Shunday bo`lsa-da, ular so`zga kuchgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo`ladi.
Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm- fan yutuqlarining tez tarqalishida muxim rol o`ynaydigan internatsional til-fan tili, uning tushunchalari va formulalari ham borligini unutmaslik kerak. XX asrda qo`llanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron xisoblash mashinalarining «beysik», «fortan» kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez usib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlarning o`zatilishi hamda kabo`l qilinishida katta ahamiyat kasb etmokda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko`rsatmokda
Ong va til munosabati haqida gap ketar ekan, til o`ziga xos tarixiy xotira rolini utashini ham unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida ayniqsa, yaqqol ko`rinadi. Zero, millat tilida uning o`zligi, bosib o`tgan tarixiy yo`li, tafakkur tarzi aks etadi, mustaxkamlanadi. «Ona tili, — deb yozadi Prezidentimiz, bu millatning ruxidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar»4.
Shunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga aloxida e’tibor berilayotganligi milliy o`zligimizni anglashimizning o`tish jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy qismi sifatida qaralmoKi lozim.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin