Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o`zaro ta’siri



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə66/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o`zaro ta’siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an’ana va marosimlar ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, ilm-fanga, xunar o`rganishga intilish, kattalarga hurmat singari ko`plab an’analar ma’naviyat rivojiga xizmat qiladi. Ayni paytda, ortikcha isrofgarchiliklar, dabdaba bilan o`tkaziladigan marosimlar millat ma’naviyatiga putur yetkazish bilan birga iqtisodga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bir paytlar xalqning iqtisodiy va ma’naviy darajasiga mos bo`lgan marosimlarning ba’zilari vaqt o`tishi, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot tufayli shu xalq rivojiga tusik bo`lib qolishi mumkin.
Ma’naviyat targ`ibidagi muxim hodisalardan biri e`tiqoddir. E`tiqod muayyan G`oyaga, ta’limotga bo`lgan qat’iy ishonchni anglatadi. Demak, e`tiqod bo`lishi uchun avvalo, usha G`oya, ta’limotning o`zi bo`lishi lozim. o’oya va ta’limotlarda odamlarning, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari aks etadi. Lekin G`oya va ta’limotlarning vujudga kelishi uchun manfaatlarning mavjudligi kifoya emas.
Milliy yoki ijtimoiy G`oya vujudga kelishi uchun odamlar usha mavjud manfaatlarni anglashlari ham kerak. Manfaatlarni anglash darajasi ham turlicha bo`lishi mumkin. Odamlar va ijtimoiy guruhlar o`z manfaatlarini chuqur anglab yetgach, bu manfaatlarni ro`yobga chiqarish yo`llari to`g`risida ham puxta tasavvur xosil qilganlaridan keyingina, milliy yoki ijtimoiy G`oyani yaratish imkoni tug`iladi.
Ijtimoiy guruhlar mavjud manfaatlarni tula anglamagan va ularni ro`yobga chiqarish yo`llari to`g`risida yetarli bilimga ega bo`lmagan sharoitda ijtimoiy G`oya yaratilsa, u ko`pchilikning ongiga chuqur kirib bormaydi. Manfaatlarni anglash, ularni ro`yobga chiqarish yo`llari va usullari haqida yetarli bilimlar asosida vujudga kelgan ijtimoiy G`oya shu ijtimoiy guruhning har bir a’zosi ongiga kanchalik chuqur singib borsa, shunchalik mustaxkam e`tiqod paydo bo`ladi. E`tiqodga tayanmagan va e`tiqodga aylanmagan G`oya quruq safsata bo`lib qoladi.
E`tiqod aloxida bir fikr yoki xulosaga nisbatan emas, balki odatda, fikrlar va xulosalar tizimi negizida paydo bo`lgan G`oya yoki ta’limotga nisbatan shakllanadi. Siyosiy, diniy, axloqiy e`tiqodlar xuddi shu yusinda maydonga keladi. E`tiqod ma’naviyat ustunlaridan biridir. E`tiqodsiz ma’naviyat yo`qsaqlikka kotarila olmaydi. Uni yo`qsaqlikka qat’iy ishonch, mustaxkam e`tiqodgina eltishi mumkin.
E`tiqod muayyan G`oya va mafko`raga oddiy, jun ishonish emas, balki u qat’iy, kuchli ishonch natijasida shakllanadi. Kuchli ishonch kuchli xis-tuyg`ular ta’sirida voyaga yetadi. Insondagi eng kuchli va yo`qsak tuyg`ulardan biri esa muxabbatdir. Elga, diyorga, xalqqa muxabbat shuning uchun ham e`tiqod targ`ibidagi eng muxim qismlardan xisoblanadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin