Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə69/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

14-mavzu. Madaniyat falsafasi.


Reja:
1. «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni.


2. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va hozirgi zamondagi xususiyatlari.
3. Jahon sivilizatsiyasida O`zbekistonning to`tgan o`rni va istiqbollari.
4. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish – ma’naviy kamolot manbai.

Insoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z qiladigan eng buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iktidori, saloxiyati va qobiliyati o`zligini namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa, madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin.


Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi. Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q emas. Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
Тarixdan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida madaniyatning nixoyatda gullab-yashnagan davrlari bo`lgani ma’lum. Masalan, qadimgi Yunonistonda miloddan ilgarigi VII-II asrlarda fan va madaniyat nixoyatda rivojlangan. Usha davrda yashagan Suqrot, Aflotun, Arastu kabi unlab allomalarning nomlari insoniyat tarixiga abadiy muxrlangan. Hozirgacha insoniyat tarixini o`rganadigan mutaxassislar bu davrdagi Yunoniston madaniyatini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida talqin etadilar. Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin.
Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, ma’naviy saloxiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi.
Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga ko`ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir, deb xisoblaydi. Masalan, A. Тoynbi «Тarixning idrok qilinishi» asarida shunday fikrlarni bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha, aynan madaniyat va sanoat soxasidagi tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar botkoKiga botirishi, bu esa, umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga qo`yishi ham mumkin.
Har bir xalq o`ziga xos madaniyat yaratadi va shu madaniyat tufayli o`zligini anglaydi, jahon taraqqiyotiga xissa qo`shadi. Milliy madaniyat rivojida quyidagilar katta o`rin tutadi:

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin