Falsafaning funksiyalari, falsafa pedagokka, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerakligining tahlili. Reja



Yüklə 57,97 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,97 Kb.
#211960
1   2   3   4   5
Falsafaning funksiyalari, falsafa pedagokka, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerakligining tahlili.

Falsafaning asosiy funksiyalari. 
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. 
Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. 
Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi hayotning ma’nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog‘liq.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir.
O‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog‘liq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi.
Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir. Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga (astika va nastika) bo‘linadi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko‘ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi.
Akademiklar S.Rajabov va V.A.Slastyoninning ilmiy maktabiga ko‘ra, pedagogik jarayon – dinamik ta’lim-tarbiya tizimidir. Pedagogik jarayon – tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-madaniy tajriba, hamda mazkurjarayon ishtirokchilarining rivojlanishi maqsadida ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llagan holda tashkil etiladigan pedagog va tarbiyalanuvchilarning aniq maqsadga qaratilgan o‘zaro ta’siridir.
Pedagogik jarayon, avvalo pedagogik o‘zaro ta’sirning mazmun va texnologiyasi bilan bog‘liq maxsus tashkil qilingan sharoitlarda amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyalanuvchilar – pedagogig jarayonning kechishi va natijalarini belgilab beruvchi faol ishtirokchilar, ushbu jarayonning subyektlaridir. Pedagog va tarbiyalanuvchi, ta’lim-tarbiya mohiyati va vositalari singari komponentlar o‘rtasidagi aloqa dinamik tizim sifatidagi real pedagogik jarayonni keltirib chiqaradi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi –metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yyechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ularning to‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi dalillar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini ko‘proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to‘g‘risidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o‘zgartirish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari. Pedagogik tadqiqotning metodologik ta’minotiga me’yoriy-metodologik bilimlar (yondashuvlar, tamoyillar, usullar, mezonlar) hamda metodologik vazifani bajaruvchi deskriptiv umumiy va maxsus ilmiy bilimlar (tasniflar, konsepsiyalar, tizimlar, modellar) kiradi.
E.G.Yudinning ta’kidlashicha: “Ilmiy bilishning tadrijiy rivojida vazifa ko‘pincha shunday qo‘yilgan bo‘ladiki, bunda asbrakt bilish ratsiional bilishga nisbatan metodologik vazifani bajaradi. Aslida har qanday ilmiy nazariya metodologik vazifani bajaradi...”. Masalan, ta’limning madaniyatshunoslikka doir konsepsiyasi didaktika, tarbiya nazariyasi, xususiy metodikalar sohasidagi tadqiqotlarga nisbatan metodologiya vazifasini bajaradi.
Turli darajadagi deskriptiv bilimlar qatlami (falsafiy tushunchalar, umumiy va dunyoning maxsus ilmiy manzarasi, umumiy va maxsus ilmiy kategoriyalar, tushunchalar, nazariya va konsepsiyalar, empirik faktlar) “mavjud” sohani o‘zida
ifoda etadi («Nima mavjud?»). Shu sababli “metodologik bilim” va “funksional metodologik bilim”ni farqlash lozim. Paradigma tarkibida mazkur deskriptiv tarkibiy qismlar metodologik (preskriptiv, me’yoriy) vazifani bajaradi.
Fan metodologiyasida metodologik vositalarning g‘oyat katta “zahirasi”
ishlab chiqilgan. Ularni tizimlashtirish muammosi mavjud. Tadqiqotchi tomonidan tadqiqot maqsadi va masalalariga ayni metodologik vositani mustaqil tanlay olish undagi metodologik ta’minot va metodologik refleksiya darajasi, shakli, turi, manbalari to‘g‘risida bilimlariga bog‘liq.
Metodologiyaning turlari va darajalari to‘g‘risidagi asosiy fikr ilk bor V.A.Lektorskiy va V.S.Shvirev tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik E.G.Yudin tomonidan yanada to‘ldirilgan. Ular metodologik bilimning quyidagi darajalarni ajratib ko‘rsatishadi: falsafiy, umumilmiy va xususiy. Bizningcha, ijtimoiygumanitar bilim sohasi uchun xos bo‘lgan antropologik, aksiologik, fenomenologik, germenevtik metodologik yondashuvlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-gumanitar fanlar metodologiyasi darajasini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Mazkur yondashuvlar (falsafiy konsepsiyalar, umumilmiy yondashuvlar singari) konkret ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Metodologiyaning falsafiy darajasini falsafiy kategoriyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar tashkil etadi: dialektik materializm, ekzistensializm, falsafiy antropologiya, pragmatizm, postmodernizm, global evolyusionizm va boshqalar. Ilmiy tadqiqotlarning asosi sifatida falsafiy konsepsiyalar, yondashuvlar quyidagi vazifalarni bajaradi: ontologik (falsafiy kategoriyalarda o‘z aksini topgan reallikning yangi modeli), evristik (obyektlarning yangi turi, obyektlar mohiyatining yangi “anglash doirasi”ni belgilovchi yangi kategorial matritsa, reallikni “his etish usuli”, aniq-ilmiy fanlar kategorial apparatining rivojlanish darajasi, tadqiqotning yangi strategiyalari), epistemologik (ilmiy anglash, uning sifat mezonlari (asoslanganlik, ishonchlilik)ning mohiyatini anglash tadqiqotning evristik strategiyalarini shakllantiradi), aksiologik (tadqiqot “mafkurasi”, yangi ideallar, dunyoqarash ustanovkalari konkret ilmiy tadqiqotlarning aksiologik yo‘nalishini belgilaydi va tadqiqotchining anglash dajarasi, uning ideallari va dunyoqarashini shakllantiradi).

Yüklə 57,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin