Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Yüklə 392,13 Kb.
səhifə2/30
tarix14.12.2023
ölçüsü392,13 Kb.
#177659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Metodika – bilish ob’ektini o‘rganishga yondoshuvda, nazariy va metodologik manbalarni qo‘llashdagi amaliy taktik jarayon. Metodikani aksariyat holatlarda amaliy faoliyatda ishlatiladigan qaror, metod va metodologiyaning tashkil etish usuli, texnik tashkil etish ko‘nikmasi sifatida olib qaraladi. Zamonaviy ilm-fanda har bir ilmiy sohaga tegishli metodlar va metodologik tizimlarning xilma-xilligi kundan-kunga rivojlanib, rang-barang tus olgani sababli, biror-bir ilmiy muammoni o‘rganishda qanday metodlar jamlanmasi qo‘llanilishi kerak, degan savolga metodika texnikasi yordam beradi. Metodika hozirgi kunda pedagogik sohada dars o‘tish texnikasi, tashkil qilish usuli sifatida tushuniladigan tushuncha bo‘lsa ham, mantiqiy jihatdan o‘rganilayotgan mavzuni yoki muammoni o‘rganishning to‘g‘ri yo‘lini tashkil qilish sifatidagi falsafiy mazmunga bog‘langan. Muammoni o‘rganishga metodik jihatdan to‘g‘ri yondoshuv to‘g‘ri bilim hosil bo‘lishiga yordam beradi. Metodika metod va metodologiya kabi o‘z mohiyatida nazariyaga juda ko‘p bog‘lanmagan, o‘zida ko‘proq tadqiqotni tashkil etishning texnik tomoni bo‘lib ko‘rinsa ham, aslida metodika o‘rganish jarayonida nazariya va metodni qo‘llashda ko‘proq bilim va tajribani talab qiladi. Misol uchun ma’lum bir kasallikni davolashning juda ko‘p usullari bo‘lsa, shifokordan shu kasallikni tez, samarali va kam harajat usulda davolash metodikasida katta tajriba, bilim va qo‘llaniladigan usulga ishonch talab etiladi. Metodika shu bilan birga ma’lum darajada nazariy, metodologik bilimni amaliyot bilan bog‘laydi. Chunki yangi nazariya, konsepsiya, metod va metodologik tizim amaliy jihatdan metodikada qo‘llaniladi.

Metodlarning tasnifi. Metodlar bilish vositasi ekan, u barcha fan sohalarida predmetni bilishda asosiy qurol hisoblanadi. SHuningdek bilishning qonuniyati, darajasi, tamoyillari, sohalariga qarab metodlar umumiy, xususiy hamda fanlararo tadqiqotlar metodlariga bo‘linadi. Umumiy xarakterga ega bo‘lgan metodlar: taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktlikdan konkretlikka qarab borish, induksiya va deduksiya hamda har bir fanga xos, lekin turlicha tarzda qo‘llanadigan metodlardir. Hozirgi zamon fani taraqqiyotining muhim xususiyati shundan iboratki, u ko‘pincha voqe’likning biror tomonini shunchaki aks ettirib qolmasdan, balki muayyan maqsadga muvofiq ravishda bu voqe’likni gavdalantiradi ham. Bu hol bilish metodlarini, ayniqsa formal metodlarni ishlab chiqish va tatbiq etishni taqazo etadi. SHuning uchun formal metodlarning logik tuzilishini maxsus o‘rganishga ham katta e’tibor berilmoqda.

Yüklə 392,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin